n = f (M) bog‘lanish elektr motorning tabiiy mexanik tavsifi deyiladi. Yakor yoki
rotor chulg‘amiga biror tashqi qarshilik kiritilganda hamda kuchlanish yoki magnit oqimning nominaldan
farq qilganda olinadigan
n = f (M) bog‘lanish motorning sun’iy mexanik tavsifi deyiladi. Aylantiruvchi
moment o‘zgarishi bilan motor chastotasining o‘zgarish darajasiga qarab quyidagi mexanik tavsiflar
bo‘lishi mumkin:
1) Mutlaqo qattiq tavsif. Aylantiruvchi momentning nominal qiymatgacha o‘zgarishida chastotasi
o‘zgarmay qoladigan motor mutlaqo qattiq tavsifga ega motor deyiladi. Bunday mexanik tavsifga sinxron
motorlar ega bo‘ladi;
2) Qattiq tavsif. aylantiruvchi momentning nominal qiymatgacha o‘zgarishida chastotasining
qiymati bir ozgina, ya’ni 5 – 10 foizga o‘zgaruvchi motor qattiq tavsifga ega motor deyiladi. Bunday
tavsifga parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok va normal tuzilishdagi asinxron motorlar ega bo‘ladi; Parallel
qo’zg’tishli o’zgarmas tok motori tezligi bilan ifodalanganligi sababli P
2
ni nominalgacha ortishida tezlik
qiymati 3-5% ga kamayadi. Shu sababli parallel qo’zg’tishli motor bo’lgan tezlik tavsifi n=f(P
2
) ga ega
bo’ladi [4].
3) Yumshoq tavsif. Aylantiruvchi momentning nominal qiymatgacha o‘zgarishida chastotasi
keskin o‘zgaruvchi motor yumshoq tavsifnga ega motor deyiladi. Bunday tavsifga ketma-ket qo‘zg‘atishli
o‘zgarmas tok va maxsus tuzilishdagi asinxron motorlar ega bo‘ladi.
13.7 O‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish Agar tinch turgan motorni elektr tarmog‘iga ulab, unda qarshilik momentidan katta bo‘lgan
aylantiruvchi moment hosil qilinsa, u aylana boshlaydi. Aylanish chastotasining ortib borishi bilan yakorda
184
hosil bo‘ladigan EYuK ham ortib boradi, natijada, yakor toki va, demak, aylantiruvchi moment kamayib
boradi.
Aylantiruvchi moment qiymati qarshilik momentigacha kamayganda, ya’ni