123
Transformatorlar asosiy va yordamchi qismlardan iborat. Asosiy
qismga transformatorlarning
elektromagnit jarayonlarini vujudga keltiruvchi chulg‘amlar (10.2-rasm. 1) va magnit oqimni kuchaytiruvchi
magnit o‘zak (10.2-rasm. 2) kiradi. Yordamchi qismlar esa transformatorning quvvati, kuchlanishi, turlari
va hakozalarga qarab bir necha o’nlab bo‘laklardan iborat. Ular qatoriga moyli transformatorning baklari,
tarmoqni va chulg‘amlarni bog‘lovchi izolyatorlar va boshqalar kiradi.
Tok turiga qarab transformatorlar bir fazali, uch fazali va ko‘p fazalilarga bo‘linadilar. Ko‘p fazali
transformatorlar chulg‘ami deb ma’lum usulda o‘zaro ulangan hamma fazalarning bir xil kuchlanishli
chulg‘amlari majmuasiga aytiladi.
10.2 – rasm. Bir fazali transformatorning magnit o‘zak va chulg‘amlari.
Transformatorlarning elektr energiyani qabul qiluvchi chulg‘ami
- birlamchi, iste’molchiga
energiyani uzatuvchi chulg‘ami - ikkilamchi chulg‘am deyiladi. Nomlariga o‘xshash, har bir chulg‘amga
qarashli qiymatlar (masalan, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va h.k) birlamchi va ikkilamchi qiymatlar
deyiladi (birlamchi tok, ikkilamchi induktiv qarshilik, va h.k). Transformatorlarning yuqoriroq kuchlanishli
tarmoqqa ulangan chulg‘ami yuqori kuchlanishli (yu.k.) chulg‘am deyiladi. Kichikroq kuchlanishli tarmoqqa
ulangan chulg‘ami quyi kuchlanishli (q.k.) chulg‘ami va nihoyat, uch chulg‘amli transformatorlarning yu.k.
yoki q.k. chulg‘amlariga taaluqli bo‘lmagani - o‘rta kuchlanishli (o‘.k.) chulg‘am deyiladi. Agar ikkilamchi
chulg‘am kuchlanishi birlamchinikidan kichikroq bo‘lsa transformator pasaytiruvchi,
aks holda
kuchaytiruvchi deyiladi.
Bitta birlamchi va bitta ikkilamchi chulg‘amli transformator ikki chulg‘amli transformator deyiladi.
Har bir fazada uchtadan chulg‘ami bo‘lgan, masalan, bitta yuqori kuchlanishli va ikkita quyi kuchlanishli
yoki teskarisi - bitta quyi kuchlanishli va ikkita yuqori kuchlanishli transformatorlar uch chulg‘amli deb
124
ataladi. Bir fazali yoki uch fazali transformatorlarning bir fazasida uchtadan ko‘proq chulg‘ami bo‘lishi
mumkin. Bunday transformatorlar ko‘p chulg‘amli transformatorlar deyiladi.
Kuch transformatorlari tuzilishi bo‘yicha ikki turga bo‘linadi: moyli va quruq transformatorlar. Moyli
transformatorlarda magnit o‘zak va chulg‘amlar yaxshi izolyator va sovutuvchi modda hisoblangan
transformator moyi to‘ldirilgan idishga joylashtiriladi. Transformator moyi chulg‘am izolyatsiyalarini
havoning zararli ta’siridan ham saqlaydi.
Ulamali transformatorlar deb transformatsiyalash koeffitsientlarini o‘zgartirish
uchun
chulg‘amlarda maxsus ulamalari bo‘lgan transformatorlarga aytiladi.