|
Elementlar kimyosiga kirish
|
bet | 2/5 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #144519 |
Bog'liq Элементлар кимёси-20Kimyoviy unsurning yana bir muhim tavsifi ularning Yer poʻstida tarqalganligidir. Rus olimi akad. A. P. Vinogradov tuzgan Yer poʻstining oʻrtacha kimyoviy tarkibi jadvaliga koʻra, eng koʻp tarqalgan element — kislorod massa jihatdan 47,2% ni tashkil etadi, soʻngra kremniy — 27,6%, alyuminiy — 8,80%, temir — 5,10%, kalsiy — 3,6%, natriy — 2,64%, kaliy — 2,6%, magniy — 2,10%, vodorod — 0,15%, bu elementlar Yer poʻsti massasining 99,79%ni, qolgan barcha Kimyoviy unsur fakat 0,21%ni tashkil etadi. - Kimyoviy unsurning yana bir muhim tavsifi ularning Yer poʻstida tarqalganligidir. Rus olimi akad. A. P. Vinogradov tuzgan Yer poʻstining oʻrtacha kimyoviy tarkibi jadvaliga koʻra, eng koʻp tarqalgan element — kislorod massa jihatdan 47,2% ni tashkil etadi, soʻngra kremniy — 27,6%, alyuminiy — 8,80%, temir — 5,10%, kalsiy — 3,6%, natriy — 2,64%, kaliy — 2,6%, magniy — 2,10%, vodorod — 0,15%, bu elementlar Yer poʻsti massasining 99,79%ni, qolgan barcha Kimyoviy unsur fakat 0,21%ni tashkil etadi.
- Tabiatda atom massasi kichik elementlar eng koʻp tarqalgan, organizmlarda esa nisbatan yengil elementlar (N, S, N, O) koʻp boʻladi. Koinotda ham eng yengil elementlar — vodorod bilan geliy juda koʻp tarqalgan. Uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt, fosfor, xlor, kremniy, kaliy, magniy, kalsiy va temir elementlari usimlik va hayvonlar hayotida muhim rol oʻynaydi.
- Geokimyo (geo... va kimyo) — Yerning kimyoviy tarkibi, kimyoviy elementlar va ularning barqaror izotoplarining Yer va turli geosferalarda tarqalish va bir joydan ikkinchi joyga koʻchish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. G. terminini fanga dastlab shveysariyalik kimyogar K. F. Shyonbeyn kiritgan (1838). G. 20-asr boshlanishida geol. va kimyo fanlari tutashgan joyda vujudga keddi. V. I. Vernadskiy (Rossiya), V. M. Goldshmidt (Norvegiya), A. Ye. Fersman (Rossiya) G.ning asoschilari hisoblanadi. 20-asrning 1 -yarmida oʻtkazilgan i. t. ishlari natijasida G. mustaqil fanga aylandi. G. boʻyicha birinchi yirik ilmiy axborotlar toʻplami amerikalik olim F. U. Klark tomonidan bajarilgan. Oʻrta Osiyo olimlaridan H. M. Abdullayev, O. M.Akramxoʻjayev, H. N.Boymuhamedov, I. Hamroboyev, A. S. Uklonskiy, K. I. Satpayev, S. T. Badalov va b. G.ni yanada rivojlantirdilar. Olib borilgan i. t. ishlari natijasida G.ning yangi tarmoklari — kosmogeo-kimyo, radiogeokimyo, biogeokimyo, analitik G., fizik G., gidrogeokimyo, litosfera G.si, organik G., litogenez G., izotoplar G.si, tabiiy jarayonlar G.si, nodir elementlar G.si va b. vujudga keldi.
|
| |