Abstraksiyalash metodini iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llash




Download 29,89 Kb.
bet2/5
Sana06.06.2024
Hajmi29,89 Kb.
#260825
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 мавзу Платформага

2. Abstraksiyalash metodini iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llash.
Iqtisodiyot va tijorat dunyosi shunchalik xilma-xil va murakkab-ki, uni tadqiq qilishni batamom tugallangan joydan, noldan boshlash mumkin emas. Shu bois, hozirgi vaqtda biz uni soddalashtirish va tizimlashtirishga, eng muhim iqtisodiy hodisalar va jarayonlarga ajratgan holda alohida qismlari bo‘yicha o‘rganishga majburmiz.
Abstraksiyalash metodini iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llash. Bundan oldingi bo‘limda ko‘rib chiqilganidek, abstraksiyalash atamasi ayrim obyektlar, hodisalar va jarayonlarning ma’lum xossalari, xususiyatlari yoki munosabatlarini chotlashtirish yoki ajratib olishni bildiradi. Lekin iqtisodiy tadqiqotlarda muhim bo‘lmagan xususiyatlarni chiqarib tashlamasdan, muhimlarini aniqlash zarur bo‘ladi.
Birinchidan, muhim va muhim bo‘lmagan xususiyatlar hamda munosabatlar o‘rtasidagi farq nisbiy bo‘lib, tadqiqot maqsadi va tavsifiga ham bog‘liq.
Ikkinchidan, muhim va muhim bo‘lmagan xususiyatlar hamda munosabatlar real jarayonlarda birgalikda bo‘ladi va shuning uchun ham muhim bo‘lmagan xususiyatlarni oddiy tasodif sifatida chiqarib tashlash mumkin emas.
Haqiqatan iqtisodiy tadqiqotlarda ayrim xususiyatlar va munosabatlar notipik va ahamiyatsiz bo‘lganligi uchun emas, balki vaziyatni soddalashtirish va jarayonlarni «sof» holda o‘rganish uchun chotlashtiriladi.
Masalan, bozorda tovarlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda avvalo eng oddiy, har qanday xaridor bozorda kuzata oladigan, tovarning miqdori va bahosi o‘rtasidagi nisbat o‘rganiladi.
Bu nisbat matematik jihatdan teskari proporsional bog‘liqlik bilan ifodalanadi: boshqa sharoitlar o‘zgarmasa va tovarning bahosi qancha yuqori bo‘lsa, u shuncha kam xarid qilinadi, va, aksincha, baho qancha past bo‘lsa, u shuncha ko‘p xarid qilinadi.
Ko‘rinib turibdiki, bunda talabga ta’sir ko‘rsatadigan va o‘zaro bog‘liqlik hamda ta’sir ko‘rsatishni murakkablashtiradigan bir qancha omillar chotda qolib ketadi. Masalan, aholi daromadining darajasi, bir xildagi tovarlarni boshqalari bilan almashtirish imkoniyati(masalan, kofe o‘rniga choy), davlatning soliq siyosati, monopoliyalarning bahoga ta’siri, xufya iqtisodiyotning bozor konyunkturasiga ta’siri va boshqalar chotda qolib ketishi mumkin.
Bundan tashqari, talabni taklifning xususiyatlarini hisobga olmasdan, alohida tadqiq qilib bo‘lmaydi. Masalan, taklif o‘z navbatida tovarlarni ishlab chiqarish, erishilgan sifat va foydalilik darajasi, har xil savdo shakllari va infratuzilmalarning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Bularning barchasi mikroiqtisodiyot darajasidayoq umumiy holatni yanada ko‘proq murakkablashtiradi. Shuning uchun ushbu omillarning talabga ta’siri oldin alohida, keyin esa birgalikda o‘rganilishi lozim.
Iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy darajada tadqiq qilishga o‘tilganda ularning boshqa qator xususiyatlarini chotlashtirishga to‘g‘ri keladi. Masalan, ayrim bozorlarda ayrim tovarlarga bo‘lgan talab va takliflarni o‘rganish o‘rniga yalpi talab va yalpi taklif tahlil qilinadi yalpi ichki mahsulot(YaIM), milliy daromad(MD) va hokazolar o‘rganiladi.
Shunday qilib, abstraksiyalash metodini iqtisodiy ilmiy-tadqiqotlar metodologiyasining muhim elementi deb xulosa chiqarishimiz mumkin. Bunda murakkab iqtisodiy jarayon yoki tizim butunligicha, alohida tarkibiy elementlar, qismlar yoki quyi tizimlarga bo‘laklangan holda o‘rganiladi.
Iqtisodiyot nazariyasiga muvofiq iqtisodiy tizim bir necha quyi tizimlarga bo‘linadi:
-ishlab chiqarish;
-ayirboshlash;
-iste’mol;
-taqsimot.
Ushbu quyi tizimlar ham elementlarga bo‘laklanadi va boshqalardan ajratilgan holda o‘rganiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlarning ushbu stadiyasi tahlil bosqichi deb nomlanadi. Chunki bu bosqichda yohud alohida xususiyatlar, tomonlar, munosabatlar, yohud butunning alohida qismlari va elementlari tahlil qilinib, abstraksiyalash yordamida maxsus iqtisodiy tushunchalar va kategoriyalar yaratiladi.
Izlanuvchi iqtisodiy tizim yoki jarayonni butunligicha ifodalashi uchun tadqiqotning sintezlash bosqichiga o‘tishi zarur. Bu bosqichda alohida abstraksiyalar, tushunchalar, kategoriyalar va mulohazalar yagona nazariy iqtisodiy bilimlarga birlashtiriladi.
Natijada, abstrakt iqtisodiy nazariyalarning yagona tizimida aniq yaxlit bilimlar barpo bo‘ladi.
Nazariy iqtisodiyot ham boshqa istalgan fan kabi faktlarga tayanadi. Ammo bu faktlar shu darajada ko‘p-ki, ularni tahlil qilmasdan, turkumlamasdan va umumlashtirmasdan, nafaqat yangi iqtisodiy hodisalarni oldindan aytib berish va ularning rivojlanish tendensiyalarini oldindan ko‘rish, hatto ularni tushunib olish ham mumkin emas. Iqtisodiy faktlar deganda, korxonalar, odamlar guruhlari o‘rtasidagi ma’lum xo‘jalik munosabatlarini, ularning resurs imkoniyatlarini, manfaatlarini, mehnat qilishga rag‘batlantiruvchi va motivatsiyalashni ifodalaydigan faktlar tushuniladi.
Ta’kidlash joizki, faktlar o‘z holicha iqtisodiy hayotning aniq real hodisalari yoki jarayonlari hisoblanmaydi, ularda ushbu voqelik to‘g‘risida u yoki bu mulohazalar ifodalanadi. Shu bois, ularni individual, subyektiv munosabatlar va motivatsiyalar bilan emas, shaxslararo, jamoaviy munosabatlar bilan bog‘liq ijtimoiy faktlarga ham olib borish mumkin. Chunki shaxs mazkur zamonda jamiyatda uning atrofida vujudga kelgan iqtisodiy sharoitlarga moslashishi lozim.
Iqtisodiy omillar boshqa ijtimoiy omillardan birinchi navbatda, qiymat(pul) o‘lchovining qo‘llanilishi bilan farq qiladi. Bu esa alohida olingan iqtisodiy birliklar (oila, mikrofirma, fermer xo‘jaligi, agrar soha tarmoqlari, mintaqalar va h.k.) doirasida ham, butun iqtisodiy tizim bo‘yicha ham, vujudga kelayotgan iqtisodiy vaziyat to‘g‘risida aniqroq bilim olishga imkon beradi.
Faktlarni o‘rganishda birinchi qadam ularni tegishli iqtisodiy nazariya tilida aniq bayon qilish hisoblanadi. Bunda faktlarning yetarliligi va ishnochliligi hamda ularni o‘lchash imkoniyati aniq bo‘lishi lozim. Lekin har qanday ilmiy tadqiqot, shu jumladan iqtisodiy tadqiqot ham har xil faktlarni shunchaki to‘plashdan iborat emas.
Faktlarni o‘rganishning navbatdagi, ikkinchi qadami ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan aloqadorliklar va bog‘liqliklarni aniqlashdan iborat.
Buning uchun izlanuvchi quyidagilarni bajarishi lozim:
1) faktlarni turkumlash, ya’ni ularni ma’lum belgi(mezon, asos)lar bo‘yicha guruhlarga ajratish;
2) ularni bir tizimga keltirish, ya’ni ular o‘rtasidagi mantiqiy aloqadorliklarni aniqlash.
Bunda ko‘pincha, ayrim xususiy faktlar eng umumiylaridan mantiqan chiqarib olinishi mumkin.



Download 29,89 Kb.
1   2   3   4   5




Download 29,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abstraksiyalash metodini iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llash

Download 29,89 Kb.