Energetika obyektlarida texnologik uskunalarni ta’mirlashda va rekonstruksiya qilishda yong‘in xavfsizligi




Download 31.5 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi31.5 Kb.
#39145
Bog'liq
Прназаров2
4-G, 111, Matematika DTM 2019 Javobi, 11-SINF INFORMATIKA WEB-SAHIFA,WEB -SAYT VA WEB -DIZAYN TUSHUNCHASI, 10-SINF MAJBURIY TEBRANISHLAR

ENERGETIKA OBYEKTLARIDA TEXNOLOGIK USKUNALARNI TA’MIRLASHDA VA REKONSTRUKSIYA QILISHDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI


D.Nasriddinov, А.Prnazarov
O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi
Energetika obyektlarida texnologik uskunalar ta’mirlovchi, montaj qiluvchi va boshqa tashkilotlarga ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki montaj qilish uchun berilganda, tashkilot rahbariyati va tezkor xodimlar ushbu ishlar bajarilayotgan uchastkalardagi yong‘inga qarshi holat uchun umumiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.
Tashkilotda o‘rnatilgan yong‘inga qarshi rejim pudratchi, ta’mirlash, qurilish-montaj va sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi va qat’iy bajarilishi shart. Buning uchun ushbu tashkilotlarning mansabdor shaxslari shaxsan javobgar bo‘ladi.
Ta’mirlash va qurilish maydonchalarida, shuningdek, montaj va sozlash ishlarida yong‘in xavfsizligi uchun tadbirlar va nazorat — ushbu ishlarni olib borayotgan tashkilot bilan birgalikda tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Maydonchalar to‘silgan va ularda amaldagi qoidalar (tartiblar) bo‘yicha zarur xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Ta’mirlash ishlarida texnologik uskunalarni, detallarni, generatorlar va elektr dvigatellar cho‘lg‘amlarini yuvish va moysizlantirish uchun yong‘indan xavfsiz yuvish vositalarini qo‘llash shart.
Istisno tariqasida, texnik sabablarga ko‘ra yong‘inga xavfsiz yuvish vositalarini ishlatish mumkin bo‘lmaganda, yonuvchan suyuqliklarni (erituvchi suyuqlik, benzin va boshqalar) bir marta ishlatish uchun talab qilinadigan, biroq 1 litrdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘llashga ruxsat beriladi. Bunda faqat sinmaydigan materialdan tayyorlangan yopiq idishni qo‘llash kerak.
Ta’mirlash ishlari davrida:

  • yong‘in o‘chiruvchi vositalarga o‘tish yo‘lkalari va transport yo‘llari, evakuatsiya yo‘llari, shuningdek, piyoda borish yo‘llarining bo‘shligi ta’minlanishi;

  • payvandlash ishlari va boshqa olovga xavfli ishlar faqat doimiy payvandlash postiga olib borib bo‘lmaydigan uskunalarda bajarilishi;

  • to‘kilgan moy va boshqa yonuvchan suyuqliklar zudlik bilan tozalanishi;

  • moy artilgan materiallar yopiq temir qutilarga joylashtirilishi, ish tugaganidan so‘ng ular xonadan utilizatsiya uchun chiqarib tashlanishi shart.

Yoqilg‘i uzatish traktlarida ta’mirlash ishlari boshlangunga qadar to‘kilgan ko‘mir va ko‘mir changi yig‘ishtirib olinishi shart.
Konveyer tasmalarida vulkanizatsiya ishlari konveyer bo‘ylab 10 metrdan kam bo‘lmagan masofadagi ajratilgan uchastkalarda o‘tkazilishi kerak. Ushbu uchastkalarga yaqin atrofda joylashgan uskunalarni himoya qilish uchun ko‘chma yonmaydigan qalqonlar o‘rnatiladi. Ishlar boshlangunga qadar qurilish konstruksiyalari va uskunalar to‘kilgan yoqilg‘i va changdan to‘liq tozalangan bo‘lishi shart.
Konveyer tasmalarini yelimlash uchun erituvchi suyuqlik va yelim bir marotaba ishlarni o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan miqdorda qo‘llanishi shart.
Erituvchi suyuqliklarni saqlash uchun shisha idishlardan foydalanish taqiqlanadi.
Tegirmonlarda maydalash, yanchish va puflash ventilyatorlarida hamda ularning elektr dvigatellarida ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval polga hamda uskuna va uning atrofiga to‘kilgan moylar va ko‘mir changi to‘liq tozalab olinishi shart.
Uskunalarni ta’mirlashda asosiy o‘tish yo‘llari va binolar ichida transport harakatlanishini hamda o‘tish yo‘llarini to‘sib qo‘ymaslik uchun detallar va materiallar ta’mirlash maydonchalariga joylashtirilishi kerak.
Qozonlarda inventarli havozalar joylashtirilishi shart, yog‘och to‘shamalar esa yonish xususiyatini pasaytiruvchi suyuqlik bilan ishlov berilgan bo‘lishi shart. Qozonni yoqishni boshlashdan oldin barcha havozalar yig‘ilib, olib tashlangan bo‘lishi shart.
Statsionar o‘rnatilgan yoki ko‘chma tsentrifugalarda moyni regeneratsiya qilishda, texnik shartlarda ko‘rsatilgan chegaralarda moyning kerak bo‘lgan haroratini saqlab turish va ularning ishlashi xodimlar (navbatchi) tomonidan doimiy nazorat qilinishi shart. Tozalash jarayonida to‘kilgan moylar darhol tozalab olinishi kerak.
Qurilmani ishlatish jarayonida moy oqish holatlari, yong‘in sodir bo‘lishi yoki qurilmaning buzilishiga xavf soladigan boshqa avariya va nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda qurilmani darhol to‘xtatish choralari ko‘rilishi shart. Ko‘chma tsentrifugada ishlar olib borilganda, agar 20 metr radiusda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari doimiy posti yo‘q bo‘lsa, qo‘shimcha post bilan jihozlanishi shart.
Ta’mirlash maydonchasida, transformator ustaxonasida, elektr stansiyaning bosh korpusidagi maxsus yoki montaj maydonchasida transformatorlar va reaktorlardan moyni to‘kish (yoki uni to‘ldirish) moy xo‘jaligining moy quvur o‘tkazgichlarining markaziy ajratgichiga ko‘chma shlanglarni ulash yo‘li bilan ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan maxsus baklardan foydalangan holda amalga oshirilishi shart.
Transformatorni (reaktorni) induksion isitish usuli bilan bak tubini qo‘shimcha qizdirgan holda quritishda quyidagilar zarur:

  • bakni isitish uchun faqat asbestli mato yoki yonmaydigan boshqa materialni qo‘llash;

  • transformator (reaktor) baki ostida o‘rnatish uchun faqat yopiq turdagi isitish pechlarini qo‘llash va ularni yonmaydigan asosga o‘rnatish;

  • moy sirkulatsiyasi uchun faqat moyga chidamli shlanglardan foydalanish;

  • moyning oqib ketishining oldini olish uchun sirkulatsion shlanglarning mustahkam biriktirilishini ta’minlash;

  • agar 20 m radiusda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining doimiy posti bo‘lmasa, ishlash joyini qo‘shimcha post bilan jihozlash va uning ishga yaroqliligini tekshirish;

  • butun ish davrida yong‘in sodir bo‘lganda, ko‘riladigan tadbirlar to‘g‘risida yaxshi yo‘l-yo‘riq berilgan xodimlardan navbatchilik tashkil qilish.

Bo‘yash bilan bog‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda quyidagi talablar bajarilishi shart:

  • bo‘yash uchun qurilmalar va moslamalar ishga yaroqli holda bo‘lishi va normal bosimda va ish rejimida uskunaning talab qilinayotgan germetikligini ta’minlashi;

  • lak va bo‘yoqlarni to‘kish kichik mexanizatsiya vositalari yordamida amalga oshirilishi shart. To‘kilgan bo‘yash materiallarini zudlik bilan yig‘ishtirish kerak;

  • lok-bo‘yoq materiallari sig‘imlari bir smenalik ehtiyojni ta’minlaydigan hajmda bo‘lishi shart. Lok-bo‘yoq materiallaridan bo‘shagan idishlar ularning bo‘shashiga qarab smena tugagandan keyin chiqarib tashlanishi shart;

  • binoning butun hajmi bo‘yicha ko‘zda tutilgan bo‘yash ishlari asosiy evakuatsiya chiqishidan eng uzoqda joylashgan uchastkadan boshlanishi shart;

  • agar 20 m dan kam masofada ochiq olovni (uchqun hosil bo‘lishni) qo‘llash bilan ta’mirlash ishlari bajarilayotgan bo‘lsa, bo‘yash ishlarini boshlash taqiqlanadi. Bo‘yash zarur bo‘lgan taqdirda yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan ishlarni to‘xtatishni talab qilish kerak;

  • havo muhitining sanitar me’yoriga rioya qilish uchun bo‘yash zonasini ventilatsiya bilan ta’minlash yoki smenadagi bo‘yash ishlarining hajmini kamaytirish shart.

Birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari mavjud bo‘lmagan taqdirda yoki ular nosoz holatda bo‘lganda, bo‘yash ishlarini o‘tkazish taqiqlanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
2. IEC 62198:2001. Project risk management - Application guidelines (гармонизированный национальный стандарт РФ ГОСТ Р 51901.4-2005 «Менеджмент риска. Руководство по применению при проектировании»). - 40 с.
3. IEC 61025:1990. Fault Tree Analysis (гармонизированный национальный стандарт РФ ГОСТ Р 51901.13-2005 «Менеджмент риска. Анализ дерева неисправностей»). - 31 с.
Download 31.5 Kb.




Download 31.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energetika obyektlarida texnologik uskunalarni ta’mirlashda va rekonstruksiya qilishda yong‘in xavfsizligi

Download 31.5 Kb.