• Payvandlash rejimini belgilash
  • Metallarni elektrik yoy yordamida dastaki usulda payvandlash
  • Yоyning issiqlik harakteristikasi




    Download 2.34 Mb.
    bet2/4
    Sana31.01.2024
    Hajmi2.34 Mb.
    #149486
    1   2   3   4
    Bog'liq
    PJN referat 1
    6-SA amaliy mashg\'ulot, PDF document, 1Ds 20 met Murakkab tarkibli oltin rudalarini qayta ishlash — копия (2)
    Yоyning issiqlik harakteristikasi
    Ma’lumki, elektrik yoydan juda katta issiqlik ajraladi va bu issiqlik payvandlanayotgan metall bilan elektrod uchini suyuqlantiradi. Yoyning to’la issiqlik quvvati quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.
    qe = 0,24 · I · U kal/sek yoki m/sek
    bu yerda 0,24- elektrik kattaliklarning birliklarini issiqlik kattaliklari yoyning kuchlanishi. Shuni qayd etish lozimki, payvandlashda yoy issiqligining 20 prosenti tashqi muhitga o’tish sababli yoyning effektiv issiqlik quvvati bir muncha kamayadi va uni tubandagi formula bilan aniqlanadi.
    qe = 0,24 I · U · η kal/sek
    bu yerda η – harfi bilan metallarni yoy yordamida qizdirishning effektiv foydali ish koeffisiyenti ifodalangan. η ning qiymati payvandlash usuliga, elektrodning xiliga va boshqa ko’rmatkichlarga bog’liq.
    Masalan. Dastaki payvandlashda 0,5 – 0,8, flyus ostida avtomatikaviy payvandlashda 0,8 – 0,95 belgilanadi. Payvandlash yoki barqaror yonishi uchuntok kuchi, kuchlanish va yoy uzunligi orasida ma’lum nisbat bo’lmog’i lozim va bu nisbat tokning xiliga, kuchiga, elektrodlarning materialiga, tashqi muhitning harakteriga bog’liq. Yoy yondirilganda va yoy barqaror yonayotgan paytda kuchlanish bilan tokning o’zgarishi uning volt-amper harakteristikasi bilan ifodalanadi va bunga ko’ra tok manbaalariga talablar qo’yiladi.
    Payvandlash rejimini belgilash
    Metallarni dastaki usulda payvandlashda payvandlash rejimining asosiy parametri payvandlash toki bo’lib, uning qiymati elektrodning diametriga va xiliga ko’ra belgilanadi va tubandagi formula bo’yicha aniqlanadi:
    J = kd
    Bu yerda d – elektrod diametri, mm; k – koeffisiyent, a/mm; kam uglerodli po’latlarni, metall elektrod bilan payvandlashda esa 5-8 a/mm olinadi. Elektrod simning diametri payvandlanadigan metall qalinligiga ko’ra quyidagi jadvalga qarab belgilanadi:

    jadval



    Metallarni elektrik yoy yordamida dastaki usulda payvandlash
    Dastaki usulda payvandlash bilan bog’liq bo’lgan barcha operasiyalar qo’lda bajariladi. Metallarni payvandlashdan oldin payvandlanadigan joylar payvandlashga yaxshilab tayyorlanishi lozim, ya’ni yuzalar kirdan, oksid pardalardan tozalanishi, birbiriga uchma-uchlanishi (agar qalinligi 5 - 6 mm dan ortiq bo’lsa, kertilishi) lozim.
    Turli metall konstruksiyalarni payvandlash yo’li bilan olishda qalinligi 2-30 mm gacha bo’lgan turli holdagi choklarni (pastki, vertikal, gorizontal va ship) dastaki usulda payvandlash yo’li bilan bostirish mumkin. Bu usul, ayniqsa, qisqa ixtiyoriy shakldagi istalgan fazoviy holatdagi qiyin choklarni bostirishda qo’l keladi.
    Dastaki usulda payvandlash te’nologik talablarga mos bajarilsa, ancha sifatli choklar hosil bo’ladi, lekin, ish unumi past. Shuni qayd etish lozimki, dastaki usulda payvandlashda ish unumini oshirish maqsadida tok kuchini tavsiya etiladigan qiymatdan orttirishda, elektrodsterjen qizib qoplama ko’cha boshlaydi, vanna metali esa sachraydi. Shuning uchun payvandlashni boshlashdan avval konkret hol uchun payvandlanadigan metallning payvandlash joylarining qay tarzda tayyorlanishi, elektrod xili, payvandlash rejimi va boshqa masalalar hal etilmog’i lozim. Shuni ham qayd etish lozimki, bostirilgan chok sifatiga yuqorida zikr etilgan faktorlardan tashqari chokni bostirishda elektrodning harakat yo’nalishining ham ahamiyati katta. Ma’lumki, yoy hosil qilinganda elektrodni chok uzra tebratmasdan to’g’ri surib borilganda u suyuqlanib ipga o’xshash ingichka valik beradi. Elektrod uchini suyuqlantirganda uni chok o’qi yo’nalishida yurgizishda metall tomchilari vannaning suyuqlantirilgan metaliga o’tishda yelektrodni vertikal lozim. Demak, bunday chokni bostirishda elektrod uch xil, ya’ni elektrod o’qi bo’ylab yuqoridan pastga qarab, chok chizig’i bo’ylab ilgarilanma harakat va chokka ko’ndalang yo’nalishda tebranma harakat qilmog’i lozim.

    4-rasm. Metallarni elektr yoy yordamida uchma uch dastaki payvandlashda qalinligiga ko’ra chexlarini tayyorlash: a-chetlari; б- chetrari V simon keltirilgan; в-chetlari X simon keltirilgan; г -chetlari U simon keltirilgan
    Elektrodning tebranma harakati metall chetlarining qizishiga yordam beradi va payvandlash vannasining sekinroq sovishini ta’minlaydi. Suyuqlantirib valik yotqizish tugagandan keyin, uning chetidagi kratel, bu yerda darz ketmasligi uchun yaxshilab payvandlanishi kerak. Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda suyuq metalning erigan shlak qatlami bilan to’la va bir tekis muxofazalanishini ta’minlash kerak. Shlak zarralarining vanna sirtiga chiqishi va shlak metalni oksidsizlantirishi uchun metall yetarli vaqt davomida suyuq holatda saqlab turiladi. Payvandlash prosessida muayyan vaqt mobaynida elektrod metalidan qancha suyuqlantirilganini tubandagi formula bo’yicha aniqlash mumkin:
    G = K · I · t gr
    Bu yerda K – suyuqlantrish koeffisiyenti, g/a soat. Payvandlash tokining har bir amperiga to’g’ri keladigan va bir soat ichida gramm hisobida suyuqlantirilgan elektrod metali miqdori suyuqlantrish koeffisiyenti deyiladi. Bu koeffisiyent qiymati elektrod materialiga, qatlam tarkibiga va tok harakteriga bog’liq, po’lat elektrodlar uchun K = 5:20 g/a soat bo’ladi. Bu formuladan ko’rinadiki, tok qanchalik katta bo’lsa va yoy uzoq vaqt yonib tursa, shunchalik ko’p metall suyuqlanadi.


    Download 2.34 Mb.
    1   2   3   4




    Download 2.34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yоyning issiqlik harakteristikasi

    Download 2.34 Mb.