Payvandlashda ro’y beradigan metallurgik jarayonning hususiyаtlari




Download 2.34 Mb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi2.34 Mb.
#149486
1   2   3   4
Bog'liq
PJN referat 1
6-SA amaliy mashg\'ulot, PDF document, 1Ds 20 met Murakkab tarkibli oltin rudalarini qayta ishlash — копия (2)
Payvandlashda ro’y beradigan metallurgik jarayonning hususiyаtlari
Payvandlashdagi metallurgik prosessning hususiyati shundaki, butun prosess deyarli yuqori temperaturada, juda katta tezlikda kichik hajmda boradi. Yuqori temperatura ta’sirida elektrod metali, asosiy metall va elektrod qoplamasining suyuqlanish prosessi tezlashadi. Natijada, payvandlash zonasidagi ximiyaviy reaksiyalarda qatnashadigan moddalar anchagina oksidlanadi va qisman bug’lanadi. Bir qator elementlar, jumladan, kislorod, azot, vodorod molekulalari yoyning yuqori temperaturasi ta’siridan qisman dissosiyasiyalanadi. Shuning uchun ham payvandlash prosessida elementlar odatdagi metallurgik prosessdagiga qaraganda bir muncha tez oksidlanadi, metall azotga ko’proq to’yinadi va vodorodni tezroq singdiradi. Shuni ham qayd etish kerakki, kichik hajmdagi suyuqlantirilgan metall issiqligi atrofga tez o’tishi sababli vannada o’tadigan ximiyaviy reaksiyalar qisqa vaqt davom etadi. Shu sababli bu reaksiyalar hamisha batamom o’tib ulgurmaydi. Chok metalining esa kristallanish prosessi nihoyatda tezlashadi. Bu esa o’z navbatida payvandlab bo’lgandan keyin hosil bo’ladigan chok metalining strukturasiga, shuningdek, asosiy metalning chok yaqinidagi zonasi strukturasiga sezilarli ta’sir etadi. Payvandlash vaqtidagi metallurgik prosessning hususiyatlari shundan iboratki, u tez qizdirish va sovitishga juda ham sezgir, tez oksidlanadigan, g’ovaklashishga, toblanishga moyil bo’ladi. Dastaki payvandlashda ish unumini oshirish yo’llari Keyingi yillarda bu maqsadlar uchun tubandagi usullardan foydalanilmoqda: metallni chuqurroq suyuqlantirib chok bostirish. Bu usulda uglerodli po’latlarni payvandlash SM-7S, OMM-5, UONI-13 elektrodlaridan foydalanib, tok kuchi normadan bir oz oshiriladi (60-70) . Bunday rejimda payvandlashda qoplama suyuqlana borib, elektrod uchida qalpoqcha (chexolcha) hosil bo’ladi. Yonayotgan kalta yoyda qalpoqchaning borligi yoyni issiqlik konsentrasiyasini kichik uchastkada orttirib payvandlanuvchi metallni chuqurroq suyuqlantirishga va tezroq o’q bo’ylab chokni bostirishga imkon beradi. Bu usulda payvandlash odatdagi usulga qaraganda ish unumini 1,5-2 marta orttiradi. (5-rasm, a).

5-rasm. Dastaki payvandlashda ish unumdorligini oshiruvchi usullar: a-metallni chuqurroq suyultirib chok hosil qilish; б- elektrodlar tutami bilan payvandlash; вuch fazali tokda payvandlash elektrodlar tutami bilan payvandlash. Bu usulda ikki, uch va undan ortiq elektrodlarni odatdagi elektrod tutgichga tutam qilib, o’rnatilgan holda payvandlanadi. Payvandlash vaqtida yoy elektrod suyuqlangan sari yoy bir elektroddan boshqa elektrod oralig’iga o’tadi. Shunday qilib, elektrik yoy tutamdagi elektrodlar bilan payvandlanuvchi metall orasidan ma’lum ketmaketlikda birma-bir yonadi. Bunday holda yoy issiqligidan to’la foydalanishga, yoyni qayta-qayta yondirishga hojat qolmay, elektrodlarni almashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. Natijada ish unumi oddiy dastaki payvandlanishga nisbatan 1,5-2 martagacha ortadi (5-rasm, б). v) uch fazali tokni payvandlash. Bu usulda payvandlashda o’zgaruvchan tok manbaining ikkita fazasi ikkita elektrodga, uchinchisi esa payvandlanuvchi buyumga ulanadi.
Payvandlash prosessida uchta yoy yondiriladi. Har ikki elektrod bilan asosiy metall oralig’ida elektrodlararo yoylar hosil bo’ladi. Issiqlikning ko’p ajralishi hisobiga ish unumi 2-3 marta ortib, elektr energiyasi bir muncha tejaladi (5-rasm, в). Bosim ostida payvandlashda tanavorlarni biriktirishga biriktiriladigan yuzalarini tashqi kuch qo‘yish hisobiga birgalikda plastik deformatsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Bunda biriktirish joyidagi material, qoidaga ko‘ra, plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi. Deformatsiyalash jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza yuzalarning tegish kontakti kattalashadi. Atomlararo bog‘lanishlarning yuzaga kelishi detallarning mustaxkam birlashishiga olib keladi.
Materiallarni payvandlash deb, ularni atomlarning o‘zaro ta’sirlashish kuchlari hisobiga biriktirish jarayoniga aytiladi. Ma’lumki, metall detallarning sirtqi atomlari to‘yinmagan erkin bog‘larga ega bo‘ladi, bu bog‘lar atomlararo kuchlarning ta’sir qiluvchi masofada yaqinlashgan turli atomlar yoki molekulalarni qamrab oladi. Agar ikkita metall detallarning yuzalari atomlararo kuchlarning metall ichida turadigan masofada yaqinlashtirilsa, ular (yuzalar) tegish yuzasida birlashib yaxlit bir narsaga aylanadi, uning mustahkamligi yaxlit metallning mustahkamligi bilan barobar bo‘ladi. Birikish jarayoni energiya sarflanmasdan va juda tez, deyarli bir zumda o‘z-o‘zidan yuz beradi.
Oddiy metallar xona haroratida nafaqat bir-biriga oddiy tekkizilganda, hatto katta kuch bilan bosilganda ham o‘zaro birkmaydi. Qattiq metallarning birikishiga, eng avvalo, ularning qattiqligi halaqit beradi, ular yaqinlashtirilganda rosmana tegish (kontakt), ularga qanchalik yaxshi ishlov berilgan bo‘lmasin, faqat bir necha nuqtada sodir bo‘ladi.
Birikish jarayoniga metallar sirtidagi iflosliklar - oksidlar, yog‘ pardalari va bosqalar, shuningdek gazlar molekulalarining singigan qatlamlari kuchli ta’sir qiladi. Sirtning tozaligini faqat yuqori vakuum sharoitida (kamida 1·108 mm simob ustunida) birmuncha uzoq muddat saqlab turish mumkin.
Mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun payvandlashda qizdirish va bosimdan foydalaniladi.
Qizdirilganda harorati ko‘tarilishi bilan metall plastik bo‘lib qoladi. Haroratni yanada ko‘tarish orqali metallning erishiga erishish mumkin. Bu holda suyuq metallning hajmlari umumiy payvandlash vannasiga o‘z-o‘zidan birlashadi.
Biriktiriladigan qismlarga beriladigan bosim metallning anchagina plastik deformatsiyalanishini yuzaga keltiradi va u suyuqlik kabi oqa boshlaydi. Metall ajralish yuzasi bo‘ylab siljib o‘zi bilan iflosliklar, pardalar va singigan gazlar bo‘lgan sirtqi qatlamni olib ketadi. Yuzaga chiqib qolayotgan yangi qatlamlar birbiriga zich tegadi va yaxlit bir narsani hosil qiladi. Payvandlash usuliga qarab metallda plastik deformatsiya yoki erish jarayonlari sodir bo‘lib, eritmalar, kimyoviy birikmalar, suyuq holatdan krisstallanish jarayonlari va boshqa hodisalar yuz beradi.


Xulosa

Yoy yordamida eritib payvandlashda buyum elektr yoyi bilan payvandlanadi, u tokning yuqori darajada zichligida gazdagi qattiq elektrodlar o’rtasidagi turg’un elektr razryadidan iborat. Yoyda ajralib chiqayotgan issiqlik metall chetlarini erish haroratigacha tez qizdiradi. Metallning issiqlik o’tkazuvchanligi yuqoriligi natijasida manba issiqligi metallning sovuq massasiga jadal retib uning haroratini ko’taradi. Yoy ishlatadigan elektr energiyasi UI asosan issiqlik energiyasiga aylanadi.


Yoy yordаmidа pаyуаndlаshdаgi issiqlik jаrаyonlаri jщdа х ^ а -х П bo’lib, pаyуаndlаsh rejiшlаri уа texnologiyasigа, pаyуаndlаnаdigаn bщyщшlаrning o’lchашlаri hашdа shаkllаrigа, pаyуаndlаnаdigаn шetаllаrning issiqlik - fizik xossаlаri уа аtrof шщxit bikn chegаrаdа issiqlik аlшаshish shаrt - shаroitigа, pаyуаndlаsh yoyining sашаrаdor issiqliq qщvvаtigа, uning issiqlik oqimi tаqsimlаnishi уа bщyщшdа ko’chish tщrigа bog’liq.



Download 2.34 Mb.
1   2   3   4




Download 2.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Payvandlashda ro’y beradigan metallurgik jarayonning hususiyаtlari

Download 2.34 Mb.