Kimyoviy qurolni qoʻllash tarixi




Download 33,29 Kb.
bet3/4
Sana24.09.2024
Hajmi33,29 Kb.
#272171
1   2   3   4
Bog'liq
hayot faoliyati. m ish

Kimyoviy qurolni qoʻllash tarixi
Kimyoviy qurollar nemis armiyasi tomonidan 1915-yyilda Ikri (Belgiya)dagi jangda qoʻllanilgan. Keyinchalik boshqa armiyalar ham qoʻllay boshladi. Kimyoviy qurollar Jeneva bayonnomasi (1925) bilan taqiqlangan. Biroq baʼzi tajovuzkor mamlakatlar bu bayonnomani bir necha bor buzishgan (masalan: AQSH Koreya va Vyetnamda, Isroil Livanda Kimyoviy qurollarni qoʻllagan).
Qrim urushida (1854-yil) Sevastopol qamali vaqtida ingliz harbiylari maxsus qoʻlansa moddalar — odorantlardan foydalanishgan (sassiq qoʻzan effekti). Vyetnam urushida esa AQSH armiyasi defoliant moddalarni qoʻllagan. Bunda Vyetnam ozodlik armiyasi yashiringan qalin changalzorlardagi barglarni toʻkish maqsadi boʻlgan boʻlsa ehtimol.
I jahon urushida kimyoviy qurollar qoʻllash boshlanganida, ular jang nuqtai nazaridan kam samarali boʻlib chiqdi. Kimyoviy qurolning taʼsir samarasi koʻp jihatdan ob havoga — shamolmimg yoʻnalishi va kuchiga bogʻliq edi. Qoʻllovchi tarafning oʻzi ham oʻz kimyoviy qurolidan jiddiy talofotlar koʻrardi va anʼanaviy artilleriyadan kam foyda keltirardi. Keyingi urushlarda esa I jahon urushidagidek katta miqiyosda kimyoviy qurollar qoʻllanilmagan boʻlsa-da baribir alohida holatlarda ulardan foydalanish kuzatilgan.
Masalan:

  • 1920 −1926-yillardagi Rif urushida Ispaniya va Fransiya tomonidan;

  • 1935-1936-yillardagi ikkinchi Italiya-Efiopiya urushida italyanlar tomonidan;

  • 1937-1945-yillarda ikkinchi Yapon-Xitoy urushida Yaponiya;

  • 1938-yil, Xasan koʻlidagi SSSR va Yaponiya mojarosida Sobiq ittifoq tomonidan;

  • 1941-1945-yillar II jahon urushida fashistlar tomonidan (Adjimushkay tosh yomgʻiri);

  • Tonkin janjalida (Vyetnam urushi) 1957-1975, har ikkala taraf;

  • Yaman fuqarolar urushida, 1962-1970-yillar Misr armiyasi;

  • 1980-1988-yillardagi Eron — Iroq urushida har ikkala taraf;

  • 2003-yil Iroq urushida qoʻzgʻolonchilar tomomidan kilmyoviy qurollar qoʻllanilgan.

  • 2013-yil Suriyada avj olgan ichki qurolli mojaro sabab, hukumat kuchlari va qurollangan jangarilar ortasidagi harbiy toʻqnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qoʻllagani nomaʼlum boʻlsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgan.

  • Bundan tashqari 1995-yili Tokio metrosida „Aum Senrikyo“ terrorchi guruhi Zarin gazi bilan qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirgan. II jahon urushida, fashistlar, bosib olingan hudud aholisini va harbiy asirlarni konslagerlarda ommaviy qirgʻin qilish uchun Tsiklon-B nomli kimyoviy quroldan foydalanishgan.



Download 33,29 Kb.
1   2   3   4




Download 33,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyoviy qurolni qoʻllash tarixi

Download 33,29 Kb.