• Kimyoviy qurollar bugungi kunda
  • Kimyoviy quroldan foydalanishni taʼqiqlash




    Download 33,29 Kb.
    bet4/4
    Sana24.09.2024
    Hajmi33,29 Kb.
    #272171
    1   2   3   4
    Bog'liq
    hayot faoliyati. m ish

    Kimyoviy quroldan foydalanishni taʼqiqlash
    Kimyoviy quroldan foydalanishni bekor qilishga, bir necha xalqaro kelishuvlarga orqali urinib koʻrilgan.
    Ulardan dastlabkisi 1889-yilgi Gaaga konvensiyasi boʻlib, uning 23 moddasida „Qoʻllanishning yagona maqsadi faqat tirik dushmanni oʻldirish boʻlgan harbiy aslahalarni taʼqiqlash“ga xalqaro miqiyosda kelishilgan. Keyinchalik, I jahon urushidagi ayanchli asoratlarni inobatga olgan holatda1925 yilda Kimyoviy qurollardan foydalanishni taʼqiqlovchi Jeneva konvensiyasi qabul qilindi. 1993-yilga kelib esa, Kimyoviy qurolni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va amalda qoʻllashni taʼqiqlash hamda, mavjud kimyoviy qurollarni yoʻq qilish maqsadida yana bir maxsus xalqaro konvensiya qabul qilindi.
    Parij konvensiyasi (1993)ga muvofiq, Kimyoviy qurollar zahiralari butunlay yoʻqotilishi lozim. Ular inson salomatligi va tabiat uchun oʻta xavfli boʻlganligidan ularning zahiralarini yoʻqotish ishlari maxsus obʼyektlarda amalga oshiriladi. 1993-yil maʼlumotlariga koʻra, Kimyoviy qurollar zahiralari Rossiya (sobiq Ittifoq) da 40 ming tonnani, AQSH da 29 ming tonani tashkil etgan. Ikkinchi jahon urushida nemislardan qolgan (trofey) Kimyoviy qurollar zahirasi (taxminan 300 ming tonna) dengizga choʻktirib yuborilgan.

    Kimyoviy qurollar bugungi kunda


    Hozirda jahon boʻyicha barcha hududlarda kimyoviy ommaviy qirgʻin qurollari maxsus xalqaro rezolyutsiyalar bilan taʼqiqlangan. Urush harakatlarida har qanday turdagi kimyoviy quroldan foydalanish 1993-yildagi xalqaro kelishuvga koʻra qatʼiy toʻxtatilgan. Biroq, shunga qaramay, soʻnggi vaqtlarda taʼqiqlangan kimyoviy qurollarning jang harakatlarida qoʻllanilayotganligi haqidagi xabarlar gʼarb OAVlari boshchiligida, tobora koʻp tarqatilmoqda. Xususan, 2011-yilda boshlangan „Arab bahori“ inqilobiy toʻlqini taʼsirida, Suriya mamlakatida avj olgan ichki qurolli mojaro jahon afkor ommasining diqqat eʼtiborida boʻlib turibdi. Hukumat kuchlari va qurollngan jangarilar ortasida muttasil davom etayotgan harbiy toʻqnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qoʻllagani nomaʼlum boʻlsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgan.
    Xulosa
    Kimyoviy qurol — bu raketalarminalaraviatsion bombalar yordamida ishlatiladigan zaharlovchi vosita hisoblanadi. Yadroviy va biologik qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirgʻin qurollariga kiradi. Shuningdek yondiruvchi aralashmalarni ham kimyoviy qurollarga bogʻlashadi.
    Shuningdek, kimyoviy qurollar ommaviy qirgʻin qurollari turlaridan biri. Shikastlash taʼsiri kimyoviy zaharlovchi moddalarning zaharlash xossalariga asoslangan. Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy moddalar (zarin, Y-gazlar va boshqalar) hamda ularni qoʻllash vositalari — raqstalarning zaharlovchi moddalarning toʻldirilgan jangovar qismlari, artilleriya snaryadlariminalar, aviatsiya bombalari, kassetalar, fugaslar, granatalar va boshqalar.


    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi birinchi jild. Toshkent 2000-yil


    2. Kimyoviy qurollar haqida. Orbita.uz
    3. Harbiy zaharlovchi moddalar. Wikipediya
    Download 33,29 Kb.
    1   2   3   4




    Download 33,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyoviy quroldan foydalanishni taʼqiqlash

    Download 33,29 Kb.