|
Energetika va mashinasozlik
|
bet | 2/4 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 33,29 Kb. | | #272171 |
Bog'liq hayot faoliyati. m ishKIMYOVIY QUROLLAR
Kimyoviy qurol — bu raketalar, minalar, aviatsion bombalar yordamida ishlatiladigan zaharlovchi vosita hisoblanadi. Yadroviy va biologik qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirgʻin qurollariga kiradi. Shuningdek yondiruvchi aralashmalarni ham kimyoviy qurollarga bogʻlashadi.
Shuningdek, kimyoviy qurollar ommaviy qirgʻin qurollari turlaridan biri. Shikastlash taʼsiri kimyoviy zaharlovchi moddalar (ZM) ning zaharlash xossalariga asoslangan. Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy moddalar (zarin, Y-gazlar va boshqalar) hamda ularni qoʻllash vositalari — raqstalarning ZM toʻldirilgan jangovar qismlari, artilleriya snaryadlari, minalar, aviatsiya bombalari, kassetalar, fugaslar, granatalar va boshqalar. Ular aviatsiya, turli moslamalar, purkagich va aerozol generatorlar yordamida ham tarqalishi mumkin. Shikastlovchi taʼsiri qancha vaqt saqlanishiga qarab, Kimyoviy qurollar turgʻun (bir necha soat, sutka, hafta, oylab saqlanadigan) va noturgʻun (bir necha minut saqlanadigan) turlarga boʻlinadi. Kimyoviy qurollar, asosan, dushmanning jonli kuchlari (qoʻshin)ga qarshi ishlatish uchun moʻljallanadi, lekin tinch aholiga, hayvonot dunyosiga ham xavf tugʻdiradi, atrof-muhitni zaharlaydi, ekinzorlarni nobud qiladi.
Kimyoviy qurol turlari
Kimyoviy qurollar quyidagi xususiyatlariga koʻra farqlanadi:
zaharlovchi moddaning odam fiziologiyasiga taʼsiri;
taktik maqsadi;
taʼsir qilish tezligi;
zaharllovchi taʼsirning davomiyligi;
Zahrlovchi moddalarning taʼsir turi ham keng:
halok qiluvchi — dushman harbiy kuchlarida maksimal sondagi yoʻqotishlar keltirib chiqarishga yoʻnaltiriladi. Bunda asosan markaziy nerv tizimnini ishdan chiqaruvchi Zarin, Zoman, Tabun va V-Gaz kabilar ishlatiladi.
Teri qavatlari va koʻzga kuchli toksik taʼsir qiluvchi kimyoviy qurollar esa, terida chuqur tsitologik oʻzgarishlar (yiringlar, yaralar, oʻsmalar) keltirib chiqarish va koʻrish qobiliyatidan mosuvo qilishga qaratiladi. Bunday kimyoviy qurollarga Iprit, Lyuzit gazlari misol boʻla oladi.
Umumiy zaharlovchi moddalarga asoslangan kimyovviy qurollarda esa, ularning organizmga taʼsir koʻrsata boshlashi natijasida, qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bunday moddalarga sinil kislotasi va xlortsian kiradi.
Boʻguvchi kimyoviy qurollar birinchi navbatda yuqori nafas yoʻllari va oʻpkani zaharlaydi. — Fosgen va difosgen shunday xususiyatga ega.
Shuningdek, yana psixokimyoviy qurollar ham mavjud boʻlib, ular, odamni oʻlimga olib kelmay, balki, vaqtinchalik psixik oʻzgarishlar, masalan behushlik, uyquchanlik, eshitish qobiliyatining yoʻqolishi, vasvasa, vaqtinchalik koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bunday kimyoviy qurollardan koʻpincha gʻarb mamlakatlari politsiyasi ichki tartibsizliklarni tinchitishda foydalanadi. Bunday moddalar turkumiga xinuklid-3-benzilat (BZ) va lizergin kislotasi dietilamidi kiradi.
|
| |