• Oqibatlari
  • Energetika va mashinasozlik




    Download 90,94 Kb.
    bet2/3
    Sana24.09.2024
    Hajmi90,94 Kb.
    #272172
    1   2   3
    Bog'liq
    ekologiya M Ish

    Kelib chiqish sabablari


    Yer atmosferasiga turli xil zararli sanoat gazlari chiqishi va u yerda toʻplanib qolishi sababli ushbu hodisa kuzatiladi. Yaʼni, yer quyoshdan kelgan nurning maʼlum qismini yana koinotga qaytaradi. Biroq, ushbu hodisada atmosferada toʻplanib qolgan notabiiy gazlar (yoqilgʻi sanoati natijasida hosil boʻlgan gazlar) quyosh nurlarini oʻziga yutadi. Natijada iqlimga taʼsir etadigan issiqxona qatlami hosil boʻladi. Ushbu muammo yuzaga kelishining asosiy sababi oʻrmonlarning kesilishi va qazilma yoqilgʻilardan keng miqyosda foydalanilayotganidir.
    Yerdagi iqlim o'zgarishlari bir necha marta sodir bo'lgan. Qisqasi, ularning oqibatlari halokatli edi. Bunga taniqli muzlik davri misol bo'la oladi. Uning tirik organizmlarga ta'siri juda katta edi. Ba'zi turlar shunchaki yo'q bo'lib ketishdi va keskin sovishiga moslasha olmadilar. O'sha paytdagi muz qoldiqlari Antarktida va Grenlandiyada saqlanib qolgan.

    Oqibatlari


    Quyosh nurlarining koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi meʼyoridan ortiq qiziydi. Ushbu hodisa oqibatida sutkalik eng yuqori va eng past harorat orasidagi farq kichik boʻladi. Bu esa yer yuzida issiqlikning keskin oshishiga olib keladi.
    Yer yuzida oʻrtacha haroratning ortishi oqibatida qutb muzlari eriydi, bu esa dengiz sathining koʻtarilishiga olib keladi. Natijada bir qancha orollar suv ostida qoladi. Quruqlikda esa choʻllashish hodisasi kuzatiladi.

    Atmosferada issiqxona effektini keltirib chiqaruvchi gaz miqdorining ortishi sayyoradagi tabiiy issiqlik muvozanatini buzadi. Flora va fauna dunyosining keskin issiqlik oʻzgarishiga tez moslasha olmasligi sababli tabiatga yirik miqyosda zarar yetadi.


    Shuningdek aholi zich joylashgan shaharlarda aksariyat qariyalar va surunkali kasali bor qatlam jaziram issiqda aziyat chekadi. Aholi sogʻligiga issiqlikning keskin oshishi salbiy taʼsir koʻrsatadi.

    Anomal iqlim hodisalari – muvozanat buzilganining belgisi
    Yuz berayotgan bu iqlim o‘zgarishlariga inson faoliyati sabab qilib ko‘rsatilmoqda: atmosferaga chiqariladigan gazlar, tinimsiz qurilishlar, yashillikning yo‘qolishi, maishiy chiqindilarning oqilona bartaraf etilmasligi kabi.
    Alaloqibat yuzaga kelgan issiqxona effekti bugun insoniyatga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda.
    Iqlim isishini tezlashtiradigan issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar ham to‘satdan sun'iy ravishda tez ko‘paytirilmoqda. Aksiga, uning nazorati, muvozanatini ushlab turish uchun tabiatning o‘ziga ham imkon qoldirmayapmiz: o‘rmonzorlarni yovvoyilarcha yo‘q qilish, yerlarni pala-partish o‘zlashtirish, dunyo okeanini ifloslantirish orqali tabiatning havoga chiqarilayotgan iflos gaz miqdorlarini jilovlash imkoniyatini cheklab qo‘yildi.


    Download 90,94 Kb.
    1   2   3




    Download 90,94 Kb.