• Oksidning nomi Kimyoviy formulasi Tuzilish formulasi
  • IV.Uyga vazifa mavzuni o’qib kelish.
  • Metallarning Davriy sistemadagi o’rni. Tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi . Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi
  • Rivojlantiruvchi maqsad
  • Eng muhim oksidlarni ishlatilishi




    Download 200,53 Kb.
    bet4/4
    Sana16.06.2021
    Hajmi200,53 Kb.
    #15077
    1   2   3   4
    Darsning borishi:

    I. Tashkiliy qism. Sinf xonasini darsga tayyorligini, o’quvchilarning o’quv qurollarini, davomatni ko’zdan kechirish.

    II.O’tilgan mavzuni takrorlash, uyga vazifani quyidagi savollar asosida so’rash.

    1. Anorganik birikmalarning muhim sinflari.

    2. Oksidlarga ta’rif bering.

    3. Oksidlarni toifalanishi.

    4. Asosli oksidlarga misollar ayting, ular qanday xossalarga ega.

    5. Kislotali oksidlar.

    6. Amfoter oksidlar.

    7. Befarq oksidlar.



    III. Yangi mavzu.

    Mavzu darslikdan oldindan oquvchilarga mustaqil o’qib kelish uchun topshirilgan bo’ladi. Yangi mavzu lobaratoriya ishi asosida o’zlashtiriladi Buning uchun oquvchilar 5ta guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’quvchilari alohida joylashtiriladi va ularga kalsiy oksidi, temir III-oksidi, fosfor V-oksidi, rux oksidi, kremniy IV-oksidi namunalari beriladi. O’quvchilar oksidlarning xossalari bilan tanishib, o’rganib quyidagi jadvalni to’ldiradilar.



    Oksidning nomi

    Kimyoviy formulasi

    Tuzilish formulasi

    Suvda eruvchanligi, tasqi ko’rinishi

    Kislota bilan ta’siri

    Ishqor bilan ta’siri

    Turi

    Ishlatilishi

    Kalsiy oksid,so’ndirilmagan ohak






















    Temir II-oksidi






















    Fosfor V-oksidi (fosfat angidrid)






















    Kremniy IV oksidi (qum)






















    O’quvchilar o’qituvchi va lobarant yordamida, mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda amalda oksidlarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o’rganadilar va jadvalni quyidagicha to’ldiradilar.

    Oksidning nomi

    Kimyoviy formulasi

    Tuzilish formulasi

    Tashqi korinishi,suvda eruvchanligi

    Kislota bilan ta’siri

    Ishqor bilan ta’siri

    Turi

    Ishlatilishi

    Kalsiy oksid,so’ndirilmagan ohak



    CaO

    Ca=O

    Oq, qattiq modda.

    Yaxshi eriydi


    Ta’sirlashadi



    Ta’sirlashmaydi

    Suvda eriydigan asosli oksid

    Qurilishda,daraxtlarni zararkurandalardan saqlahsda, qand olishda.

    Temir II-oksidi

    FeO

    Fe=O


    Suvda erimaydi.Qora qattiq modda

    Ta’sirlashadi

    Tasirlashmaydi

    Suvda erimaydigan asosli oksid

    Temir, temir II-gidroksid va uning tuzlarini olishda.

    Fosfor V-oksidi (fosfat angidrid)





    P2O5

    O=P=O


    O

    O =P=O


    Suvda eriydi.

    Oq, kukun.



    Tasirlashmaydi

    Tasirlashadi

    Kislotali oksid

    Ortafosfat kislota olishda, qurituvchi sifatida.

    Kremniy IV oksidi (qum)



    SiO2



    O-

    |


    -O-Si-O-

    |

    O-



    Suvda erimaydi.Kulrang, kukun.

    Tasirlashmaydi

    Tasirlashadi

    Kislotali oksid

    Qurilishda, shisha ishlab chiqarishda.

    Rux oksidi

    ZnO

    Zn=O


    Suvda erimaydi.Oq qattiq.

    Tasirlashadi

    Tasirlashadi

    Amfoter oksid

    Rux metalini olishda

    O’quvchilar oksidlarning xossalarini o’rganib jadvalni to’ldirib bo’lishgach, kimyoviy xossalariga oid reaksiya tenglamalarini daftarlariga yozishadi.O’quvchilarning qilgan ishlari, to’ldirgan jadvali o’qituvchi tomonidan tekshiriladi, jadvalni eng to’g’ri to’ldirgan guruh o’quvchilari g’olib hisoblanib, ular “a’lo” baho bilan rag’batlantiriladi. O’quvchilar tomonidan qilingan xato va kamchiliklar ko’rsatilib to’g’rilanadi. Songra eng muhim oksidlar to’grisida qo’shimcha ma’lumotlar beriladi.

    IV.Uyga vazifa mavzuni o’qib kelish.

    Bunday laboratoriya ishi tarzida o’tkazilgan dars mashg’ulotlari o’quvchilar ongida chuqur bilim qoldiradi, zero ko’z bilan ko’rib, qo’l bilan ushlab, amalda sinab olingan bilim juda mustahkam bo’ladi. Bundan tashqari o’quvchilar guruh bo’lib ishlaganda bir biriga yordam beradi, bir birini fikrlarini eshitadi, to’ldiradi, birga hulosa qilishadi. Shu tariqa o’quvchilarda jamoa bo’lib ishlash, g’alaba uchun kurash, tezroq ishlash, mustaqil fikr yuritish malakalari hosil qilinadi.

    Mavzu: Metallarning Davriy sistemadagi o’rni. Tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi.

    Darsning maqsadi:

    Ta’limiy maqsadi: Metallarning atom tuzilishi, davriy sistemadagi o’rni, tabiatda tarqalishi, olinishi,xossalari, ishlatilishi to’g’risida o’quvchilarga bilim berish.

    Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga metallarni xalq xo’jaligidagi ahamiyatini, inson hayotiy faoliyati uchun foydalanish darajasi bo’yicha oldingi o’rinda turishini anglatish.

    O’quvchilarda kimyo fani bilan bog’liq bo’lgan kasblar haqida tushuncha hosil qilish, kasblarni egallashda bilimning o’rni nechog’lik ahamiyatli ekanini anglatish.

    O’quvchilarda mustaqil izlanish, bilim olish, ko’pchilik oldida o’zini tuta bilish, o’z fikrini to’liq, ravon bayon eta bilish, o’ziga ishonch hisini uyg’otish.

    Rivojlantiruvchi maqsad: Metallarni olishda, ishlatishda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlar haqida bilim berish.O’quvchilarning nutq madaniyatini o’stirish.

    Darsning uslubi: noan’anaviy.

    Darsning turi: matbuot konferensiyasi tarzida.

    Darsning jihozlari: davriy jadval, metal rudalari va metallardan namunalar, metallarni fizik va kimyoviy xossalarini namoyish qilish uchun jihoz va reaktivlar.

    Darsning borishi:


    1. Tashkiliy qism. Sinfni darsga tayyorligi, o’quvchilarning davomati navbatchi yordamida aniqlanadi, o’quv qurollari ko’zdan kechiriladi.

    2. Darsning qay tartibda otishi tushuntiriladi.Dars matbuot konferensiyasi tarzida o’tkaziladi, o’qituvchi jurnalist vazifasini bajaradi.Oldindan shu sinfdan 5 nafar hohlovchi o’quvchilar tanlab olinib ular hohishiga qarabkimyogar, fizik,geolog, metallurg va tarixchi kasblari egalari qilib tayinlanadi.Ular o’zlariga berkitilgan kasblari bo’yicha mavzularga oid ma’lumotlarni o’qituvchi yordamida yig’adilar va o’zlashtiradilar. Dars paytida shu rollarini ijro etadilar.

    3. Dars paytida kasb egalari alohida oldilarida ismi sharifi va kasbi yozilgan yorliq otqaziladi.

    4. Doskaga yangi mavzu va quyidagi reja yoziladi:

    1. Metallarni davriy sistemadagi o’rni, atom tuzilishi.

    2. Tabiatda tarqalishi.

    3. Olinishi.

    4. Fizik xossalari.

    5. Metallarni kasf etilishi.

    6. Ishlatilishi.

    Dars jurnalist boshlaydi, reja bo’yicha o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan kasb egalariga murojat qiladilar.

    1-o’quvchi: Metallarni davriy sistemadagi o’rni, atom tuzilishi haqida ma’lumot bering.



    Bu savolga kimyogar javob beradi. Metallar davriy jadvalda asosan chap tomonda, 1-, 2-, 3-guruhda bor elementidan, 4-guruhda uglerod va kremniydan tashqari barchasi metallar, 5-, 6- guruhlarda surma,vismut, poloniy metallari va yonaki guruhlkardagi barcha elementlar metallardir. Ko’pchilik metallarni tashqi qavatida 1,2,3 elektron bo’ladi, ular s,p,d va f oilalarga mansubdir.

    2-o’quvchi: Metallarni tabiatda tarqalishi to’g’risida gapirib bersangiz.Bu savolga geolog javob beradi.

    U yuqidagi slayddan foydalanadi.

    Tabiatda faol metallar tuzlar korinishida, o’rtacha faol metallar oksidlar, sulfidlar tarzida, passiv metallar esa erkin hamda birikma tarzida uchraydi.O’zbekistonda 40 ta qimmatbaho metall konlari bor. Oltin konlari Qizilqumdagi Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balkantov, To’rtboy, kumush konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, O’qjetpes’ Kosmonachi; Namangan viloyatidagi Oqtepada, bundan tashqari Cu, Re, Mo, Pb, Zn, Cd, Os, V kabi ko’plab metal konlari mavjud. Tabiatda tarqalishi boyicha eng ko’p tarqalgan metall- alyuminiy, temir esa ikkinchi o’rinda turadi.

    3-o’quvchi: Metallar qanday olinadi? Bu savolga metallurg javob beradi. Metallarni birikmalaridan ajratib olish bilan metallurgiya shug’ullanadi. Metallurgiyaning asosan quyidagi turlari bor.

    Pirometallurgiya- metal l oksidlarini yuqori haroratda uglerod, uglerod II-oksid, alyuminiy, vodorod yordamida qaytarib olish.Bu usul bilan passiv metallar olinadi.

    Gidrometallurgiya- metal birikmalarini eritmaga o’tkazib, yuqori haroratsiz elektroliz yoki boshqa metall ta’sir ettirib olish.Bu usul bilan oltin, kumush, rux, uran kabi metallar olinadi.

    Elektrotermik usul- metallarni oksidlar, gidroksidlar, tuzlar suyuqlanmalarini elektroliz qilib olinadi.Bu usil bilan ishqoriy, ishqoriy yer metallari hamda alyuminiy olinadi.

    Olmaliq kon – metallurgiya kombinati eng yirikrangli metallar ishlab chiqaruvchi korxonadir.

    4-o’quvchi: Metallar metallmaslardan qanday farqlanadi? Bu savolga fizik javob beradi. Barcha metallar metall yaltiroqligiga, elektr toki va issiqlikni yaxshi o’tkazuvchanlikka, elastiklik va bolg’alanuvchanlikka ega. Odatdagi sharoitda simobdan tashqari barcha metallar qattiq bo’ladi, metallmaslar esa suyuq, qattiq va gaz bo’lishi mumkin. Metallmaslar issiqlik va elektr tokini o’tkazmaydi yoki yomon o’tkazadi, yaltiroq emas. Metallarning zichligi, qattiqligi, suyuqlanish harorati har xil. Zichligi 5g|sm2 dan kichik bo’lsa yengil, katta bo’lsa og’ir metal hisoblanadi. Eng yumshoq metallar-ishqoriy metallar, eng qattig’i-xrom, eng quyi haroratda suyuqlanuvchan metal-simob, eng yuqori haroratda suyuqlanadigan metal-volfram, elektr toki va issiqlikni yaxshi o’tkazadigan metal- kumush, eng plastic metal esa oltindir.Sh yerda metallarni issiqlik o’tkazuvchanligini taqqoslash uchun quyidagi laboratoriyaishini fizik o’quvchi loborant yordamida bajarib ko’rsatadi. Temir va misdan yaslgan ikkita bir xil plastinka olinadi, bir uchiga paraffin bo’lagi joylashtirililadi, ikkinchi uchi alangagatutiladi. O’quvchilarning kuzatuvi asosida qaysi metallning issiqlik o’tkazuvchanligi aniqlanadi.

    5-o’quvchi: Metallarni kashf etilish tarixi to’g’risida so’ramoqchi edim,birinchi metall qayerdavaqachonkashfetilgan?



    Bu savolga tarixchi javob beradi. Miloddan avvalg i 4-3-ming yillikning ortalarida ya’n I Neolit davri oxirlarida odamzod eng buyuk ixtiro yaratdi, ya’ni birinchi metall-misdan yasalgan mehnat qurollari va qurol-yaroqlar yasashga o’tdi. Keyinchalik misni qalay, qo’rg’oshin yoki rux bilan qo’shib bronza olishni o’rgandi. Miloddan avvalgi 1-yillik boshlarida birinchi bo’lib Kichik Osiyoda xettlar temirdan foydalana boshladilar. Temir kamyob va qimmatbaho metal bo’lgani uchun dastlab zeb ziynat buyumlari yasaganlar, keyinchalik mehnat qurollari yasaganlar va dehqonchilik texnikasi rivojiga ta’sir ko’rsatgan. Metalldan yasalgan mehnat qurollariga ega bo’lgan odamlarda endilikda dalalrga ancha durust ishlov berish, ekin maydonlarini kengaytirish, ortiqcha qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyati paydo bo’ldi. Odamlar termachilik va ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o’tdilar. Shu tariqa metallarni kash etilishi insoniyat sivilizatsida muhim ahamiyat kasb etdi.



    Jurnalist: Demak metallar to’g’risida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ldik, hozirgi kunda metallarni xalq xo’jaligidagi ahamiyatini ham aytib o’tsangiz. So’z kimyogarga beriladi.Inson hayoyiy faoliyati uchun foydalanish bo’yicha metallar oldingi Orinda turadi. Oddiy yoritish lampochkasida 8 xil metall ishlatiladi.

    Transport vositalarining katta ko’pchilik detallari, otkazgichlar, quvurlarva boshqa juda ko’p sohalarda metallar ishlatiladi.

    Shu tariqa mavzu yuzasidan o’quvchilarga bilim beriladi.

    V.Mustahkamlash. Sinfdagi har bir o’quvchiga mavzu yuzasidan bittadan ma’lumot aytish topshiriladi, bir bo’quvchi aytgan ma’lumotni boshqasi takrorlamasligi zarur.



    VI. Baholash. Kasb egalari bo’lib ishtirok etgan o’quvchilar va eng ko’p ma’lumot aytgan o’quvchilar “5” ball bilan baholanadi.

    VII. 1. Uyga vazifa darslikdan15-,17-$larni o’qish. 2.Metallar mavzusi bo’yicha qo’shimcha materiallar to’lash.
    Download 200,53 Kb.
    1   2   3   4




    Download 200,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eng muhim oksidlarni ishlatilishi

    Download 200,53 Kb.