|
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING TEXNIK VA TEXNOLOGIK BAZASINI YARATISHNING O`ZBEK MODELI
|
bet | 2/3 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 66 Kb. | | #146662 |
Bog'liq 11- variant Sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari va ulardan oqilona foydalanishIQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING TEXNIK VA TEXNOLOGIK BAZASINI YARATISHNING O`ZBEK MODELI.
Hozirgi davrda milliy iqtisodiyotlarning dunyo bozoriga integratsiyalashuvi va globallashuv jarayonlarining tobora chuqurlashib borishi natijasida mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi taraqqiyot bosqichlaridan keskin farq qiladi. Integratsiyalashish va globallashish jarayonlari dunyo mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyotiga muhim ijobiy hissa qo’shishlari barobarida uning salbiy oqibatlari ham mavjudligi muqarrardir. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo’lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish, korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti va unda faoliyat yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi. Mamlakatning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturni amalga oshirishning muhim ustuvor yo’nalishiga aylanishi lozim1 . 3 Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi – mamlakatning o’rta va uzoq muddatga iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyati. 3 Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. – Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2010 yil 28 yanvar. 21 Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi – iqtisodiyotning to’lovga qodir talabga mos keluvchi, iqtisodiy o’sish va turmush sifatini oshirishni ta’minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish va ichki hamda tashqi bozorlarda sotish qobiliyati. Mamlakatimizda ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning eng muhimlari sifatida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada kuchaytirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish, tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish, xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, bank ishini yanada takomillashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING TEXNIK VA TEXNOLOGIK BAZASINI YARATISHNING O`ZBEK MODELI
|