|
Массив... – Massiv… ko’paytirish buyrug’i
|
bet | 24/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad Массив... – Massiv… ko’paytirish buyrug’i.
Ushbu buyruq tugmasi ob’yekt (ob’yekylar)ni siljitib ko’paytirishni nazarda tutadi. Bunda siljish gorizontal va vertikal yo’nalishda yoki aylanma harakat asosida bo’lishi mumkin. Massiv – ko’paytirish
demakdir.
Taxrirlash ketma-ketligi:
I usul: To’rtburchak massiv yaratish.
Ob’ekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.
«Массив...» – Massiv… ko’paytirish buyruq piktogrammasi bosiladi.
Ekranda «Массив» - Massiv axborot oynasi ochiladi.
Oyna ikkita bo’lim, «Выбор объектов» -
Ob’yektlar tanlash tugmasi, namuna oynasi va interfaol tugmalardan iborat.
Birinchi bo’limda massivning asosiy parametrlari «Рядов:» - Qatorlari:,
«Столбцов:» - Ustunlari bandlari bo’lib, muloqot oynachalari sichqoncha yordamida tanlanib kerakli qiymat kiritiladi.
Ikkinchi bo’limda esa «Между рядами:» - Qatorlar orasi:, «Между столбцами:» - Ustunlar orasi: va «Угол поворота:» - Burilish burchagi bandlari mavjud. Ushbu bandlardagi muloqot oynachalariga ham kerakli qiymat kiritiladi.
Barcha parametrlar o’rnatib bo’lingandan so’ng interfaol tugmalarga o’tiladi.
«OK» - amallarni tasdiqlaydi va massivni hosil qiladi.
«Отмена» - Rad etish.
«Просмотр» - Namoyish (oldindan ko’rish). Ushbu tugma tanlanganda hosil qilingan massiv namoyish etiladi va «Массив» - Massiv axborot oynasi ochiladi.
Unda «Принять» - Qabul qilish,
«Изменить» - O’zgartirish va «Отмена» - Rad etish interfaol tugmalari mavjud. Kerakli buyruq tanlanadi.
II usul: Aylanma massiv yaratish.
Ob’ekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.
«Массив...» – Massiv… ko’paytirish buyrug’i piktogrammasi bosiladi. Ekranda «Массив» - Massiv axborot oynasi ochiladi.
Oynadagi ikkinchi «Круговой массив» - Aylanma massiv doira bo’lim tugmasi tanlanadi.
Ekrandagi «Массив» - Massiv axborot oynasi tuzilishi o’zgaradi.
Oyna quyidagi tuzilishga ega:
«Выбор объектов» - Ob’yektlar tanlash ko’rsatkichi.
«Центр» - Markaz bandi va ko’rsatkichi. X va Y o’qlar bo’yicha koordinata qiymatlari kiritilishini nazarda tutadi yoki ko’rsatkich tugmasi tanlansa oyna vaqtincha yopilib, ekranda aylantirish markazi sichqoncha yordamida tanlanadi.
Izoh: Ko’rsatkich yordamida markazni belgilash qulay variant.
«Способ построения:» - Yasash usuli bandining ko’rsatkich oynasida
«Число построения и Угол заполнения» - Yasashlar soni va to’ldirish burchagi degan yozuv ko’rinib turadi. Ko’rsatkich oynanig o’ng tomonida (v) ko’rsatkichi mavjud bo’lib, u yordamida boshqa yasash usulini tanlash mumkin.
Ko’rsatkich tanlanganda qo’shimcha ikkita usul borligi ko’rinadi. Bular:
«Число элементов и Угол между элементами» - Elementlar soni va ular
orasidagi burchak bandi va «Угол заполнения и Угол между элементами» - To’ldirish burchagi va elementlar orasidagi burchak.
Shu bandlar talablariga mos ravishda quyidagi qiymat kiritish oynachalari faollashadi:
«Число элементов:» - Elementlar soni.
«Угол заполнения:» - To’ldirish burchagi.
«Угол между элементами:» - Elementlar orasidagi burchak.
To’ldirish burchagi va Elementlar orasidagi burchak oynachalari qiymat asosida kiritishdan tashqari ko’rsatkich tugmalarga ham egaki, ular yordamida
qiymat kiritilmasdan bevosita sichqoncha yordamida ekrandan kerakli burchak nuqtasi tanlanishi mumkin va u qiymat sifatida qabul qilinadi.
Yasash usuli bandining tanlangan sharti asosida kerakli qiymatlar kiritiladi.
«Поворачивать элементы массива» - Massiv elementlarini burish bandi tanlansa belgi olib tashlanadi. Takroran ushbu band tanlansa belgi qaytib o’rnatiladi. Bu band massiv elementlarini markaziy oqga nisbatan burishni nazarda tutadi.
Barcha amallar “OK” tugmasi bilan tasdiqlanishi yoki «Просмотр» - Namoyish tugmasi orqali ko’rib chiqilishi mumkin.
|
| |