|
Растянуть – Cho’zish buyrug’i
|
bet | 27/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad Растянуть – Cho’zish buyrug’i.
Ushbu tahrirlash buyrug’i ob’yektlarni cho’zish yoki qisqartirishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Ob’yekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida yashil dinamik ramka asosida tanlanadi.
Bunda ramka hududiga to’liq kirgan ob’yektlar cho’zilmasdan to’liq ko’chirilishi, ramka hududiga yarimi kiritilgan ob’yektlar esa cho’zilishi e’tiborga olinishi kerak.
Tahrirlash panelidagi «Растянуть» - Cho’zish buyruq piktogrammasi tanlanadi. Ekranga «Базовая точка» - Bazaviy nuqta axboroti chiqadi.
Ekranda asosiy nuqta baza sifatida tanlanadi.
Bazaviy nuqtaga asosan sichqoncha yordamida ikkinchi nuqtaga siljish amalga oshiriladi. Ob’yektlar cho’ziladi yoki qisqaradi.
Обрезать – Qirqish buyrug’i.
Ushbu tahrirlash buyrug’i ob’yekt yoki ob’yektlarning ma’lum bir qismini qirqib tashlashni
nazarda tutadi.
Ob’yektlar to’g’ri chiziq boyicha kesilishi talab etilsa dastlb ushbu kesuvchi chiziq ob’yektlar ustidan o’tkazilishi lozim.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Kesuvchi ob’yekt yoki to’g’ri chiziq tanlanadi.
Tahrirlash panelidan «Обрезать» - Qirqish buyruq piktogrammasi tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Ob’yektlarning qirqiladigan qismlari sichqoncha yordamida tanlab chiqiladi.
Удлинить – Uzaytirish buyrug’i.
«Удлинить» - Uzaytirish tahrirlash buyrug’i ob'yekt yoki ob’yektlarni boshqa bir chegara ob’yekt yoki ob’yektlargacha uzaytirishni nazarda tutadi. Ushbu buyruq asosida kesma, aylana va ellips yoylarini uzaytirish mumkin.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Uzaytiruvchi chegara ob’yekt yoki to’g’ri chiziq tanlanadi.
Tahrirlash panelidan «Удлинить» - Uzaytirish buyrug’i tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Uzaytiriladigan ob’yektlar sichqoncha yordamida tanlab chiqiladi.
|
| |