|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 35/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad Tasvir 7.2
Qatlamlar bilan turli operatsiyalarni bajarish mumkin:
AutoCADda har bir qatlam o’zining personal nomiga ega va ularni biri biridan farqlash mumkin.
Har bir qatlamga chiziq rangi, turi va qalinligini o’rnatish mumkin.
Har bir qatlamni ko’rinar yoki ko’rinmas holatga keltirish mumkin.
Har bir qatlamga chop etish parametrlarini o’rnatish mumkin.
Har bir qatlamni qulflab ob’ektlarni tahrirlashdan himoyalash mumkin.
Ushbu operatsiyalar loyihachiga keng imkoniyatlarni beradi. Ya’ni bir qatlam asosida boshqa bir qatlamni yaratish va loyihalashda xalaqit beradigan yoki qiyinlashtiradigan qatlamni vaqtincha o’chirib qo’yish mumkin.
Qatlam yaratish. AutoCADda qatlam yaratish uchun dastlab «Sloi» – Qatlamlar panelini o’rnatish talab etiladi.
Ushbu panel quyidagi piktogrammalardan iborat:
«Диспетчер свойств слоев» – Qatlamlar xususiyatlari dispetcheri.
«Включение/отключение слоя» – Qatlamni yoqish/o’chirish.
«Замораживание/размораживание на всех видовых экранах» – Barcha ko’rinish ekranlarida muzlatishni yoqish/o’chirish.
«Замораживание/размораживание на текущем видовом экране» – Joriy ko’rinish ekranida muzlatishni yoqish/o’chirish.
«Блокирование/разблокирование слоя» – Qatlam qulfini yoqish/o’chirish.
«Цвет слоя » – Qatlam rangi.
Qatlam nomi.
Podmenyu tugmasi.
«Сделать слой объекта текущим» – Joriy ob’ekt qatlamini o’rnatish.
«Предыдущее состояние слоя» – Qatlamning oldingi holatiga o’tish.
AutoCADda har qanday chizma hech bo’lmaganda bitta qatlam asosida bajariladi (dastlabki qatlam nomi «0»). Ya’ni qatlamsiz chizma yaratish mumkin emas. Loyihani yaratishda oldindan bir nechta qatlamlarni yaratish va loyiha bosqichlarini alohida qatlamlarda saqlash tavsiya etiladi.
|
| |