Ichki qirrada Tashqi qirrada
Tasvir 9.11. Oddiy simmetrik qirqimlarning bajarilishi
Murakkab qirqim – buyumni ikki va undan ortiq kesuvchi tekislik bilan kesib hosil qilinadi. Agar kesuvchi tekisliklar o’zaro parallel’ joylashsa pog’onali qirqim (tasvir 9.12) va o’zaro ma’lum bir burchak ostida o’tkazilsa siniq qirqim hosil qilinadi (tasvir 9.13).
Tasvir 9.12. Pog’onali qirqimni bajarilishi
Tasvir 9.13. Siniq qirqimni bajarilishi
Buyumni kesuvchi tekislik bilan xayolan kesib, kesuvchi tekislik yuzasida hosil qilingan tasviriga kesim deyiladi. Kesimlar ham xuddi qirqimlardek belgilanadi. Chizmalarda kesimlar asosan profilli detallarni profil tuzilishi va o’yiqlarning tuzilish xususiyati haqida tasavvurga ega bo’lish uchun qo’llaniladi (tasvir 9.14, 9.15). Qirqimlarda ham kesimlarda ham o’lchamlar qo’yish mumkin.
1 – Chiqarilgan kesim; 2 – Ustiga qo’yilgan kesim; 3 – Ko’rinish bo’laklari orasidagi kesim.
Tasvir 9.14. Kesimlarni joylashishi va bajarilishi
Tasvir 9.15. Chetga chiqarilgan kesimlarni belgilanishi va bajarilishi
O’zDST 2.306-96 (Materiallarni kesimda grafik belgilash)
Ushbu stanandart chizmalarda buyumlarning kesim yuzalarini ularning materialiga qarab belgilashni talab etadi. Qurilish va sanoat korxonalarining barcha tarmoqlari chizmalarida tasvirlangan materiallarning kesim yuzalari uning turiga qarab, O’zDST talab va qoidalariga muvofiq, grafik ko’rinishda belgilanadi (jadval-9.2). Kesim yuzasining grafik belgisi chizmani o’qishni engillashtiradi, detal materialining turini aniqlashga yordam beradi.
Jadval – 9.2
|