|
AutoCADda O’zDST 2.303-97 asosida chizma chiziqlarini standartlash
|
bet | 46/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad AutoCADda O’zDST 2.303-97 asosida chizma chiziqlarini standartlash.
«Свойства» - «Xususiyatlar» panelidagi «Типы линий» - «Chiziq turi» ustunidagi «Другой» – «Boshqa» buyruq bandi tanlanadi (tasvir 10.2, 1-amal) va «Диспетчер типов линий» - «Chiziq turlari dispetcheri» oynasi ochiladi.
«Загрузить» - «Yuklash» tugmasi tanlanadi (tasvir 10.2, 2-amal) va
«Загрузка/перезагрузка типов линий» - «Yuklash/qayta yuklash» oynasi ochiladi.
Tasvir 10.2
Klaviaturadan «Ctrl» tugmasi bosilga holatda ACAD_ISO02W100, ACAD_ISO04W100 chiziq turlari tanlanadi (tasvir 10.2, 3-amal) va «OK» tugmasi bilan tasdiqlanadi (tasvir 10.2, 4-amal). Ushbu chiziqlar O’zDST talablariga mos shtrix va shtrix-punktir chiziq turlari hisoblanadi.
«Диспетчер типов линий» - «Chiziq turlari dispetcheri» oynasidagi «OK» tugmasi tanlanib oyna yopiladi (tasvir 10.2, 5-amal).
Chizma chiziqlarining qalinligi «Свойства» - «Xususiyatlar» panelidagi
«Веса линий» - «Chiziq qalinligi» ustunidan tanlanadi.
Asosiy yo’g’on tutash chiziq qalinligi formatga va chizma murakkabligiga qarab S = 0.5÷1.4 oralig’ida olinadi. A4 formati uchun 0.7 normal qalinlik hisoblanadi.
Ingichka chiziqlar – ingichka tutash chiziq, tutash to’lqinsimon chiziq, shtrix chiziq, shtrix punktir chiziqlarning qalinligi S/3÷ S/2 oralig’ida olinadi. A4 formati uchun 0.25 normal qalinlik hisoblanadi.
Ingichka tutash chiziq «Свойства» - «Xususiyatlar» panelidagi «Типы линий»
- «Chiziq turlari» ustunidagi «Continuous» (Непрерывный – Tutash) bandini tanlash asosida bajariladi.
«Сплайн» buyruq piktogrammasi asosida bajariladi.
Uzuq chiziq «Свойства» - «Xususiyatlar» panelidagi «Типы линий» - «Chiziq turlari» ustunidagi «Continuous» (Непрерывный – Tutash) bandini tanlash asosida, A4 formati uchun 1 qalinlikda bajariladi.
|
| |