|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 49/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocada) b) c)
Tasvir 10.8
Tasvir 10.8 da strelkalar, o’lcham shriftlari O’zDST talablariga mos emas. Chizmalarda o’lchamlarni O’zDST talablari asosida rasmiylashtirish uchun o’lcham uslubini tahrirlash lozim. Buning uchun:
«Стили» - «Uslublar» panelidan «Диспетчер размерных стилей» - «O’lcham uslublari dispetcheri» piktogramma buyrug’i tanlanadi va «Диспетчер
размерных стилей» - «O’lcham uslublari dispetcheri» oynasi ochiladi (tasvir 10.9, 1-amal).
Ushbu oynadagi «Новый» - «Yangi» tugmasi bosilib, «Создание нового размерного стиля» - «Yangi o’lcham uslubini yaratish» oynasi ochiladi (tasvir 10.9, 2-amal).
Oynaning «Имя нового стиля» - «Yangi uslub nomi» tahrirlash hududida uslub nomi (misol uchun O’zDST yozuvi) klaviaturadan kiritilib (tasvir 10.9, 3-amal), «Далее» tugmasi bosiladi (tasvir 10.9, 4-amal) va «Новый размерный стиль: O’zDST» - «Yangi o’lcham uslubi: O’zDST» oynasi ochiladi (tasvir 10.10).
Tasvir 10.9
Ushbu oynada ettita bo’limlar bo’lib ulardan «Линии» - «Chiziqlar» bo’limi tanlanadi (tasvir 10.10, 5-amal).
Bo’limdagi:
«Тип линий:» - «Chiziq turi:» men’yusi asosida Continuous (6-amal), «Вес линии:» - «Chiziq qalinligi:» men’yusi asosida 0.25 (7-amal) bandlari tanlanadi;
«Шаг в базовых размерах:» - «Bazaviy o’lchamlar qadami» tahrirlash hududiga 10 qiymati kiritiladi (8-amal);
«Тип выносной линии 1:» - «Birinchi chiqarish chizig’i turi:», «Тип выносной линии 2:» - «Ikkinchi chiqarish chizig’i turi:» men’yulari asosida Continuous bandlari tanlanadi (9,10-amal);
Har ikkalasi uchun «Вес линий:» - «Chiziqlar qalinligi:» 0.25 tanlanadi (11- amal);
«Удлинение за размерные:» - «O’lcham chizig’idan chiqishi:» 2 va «Отступ от объекта:» - «Ob’ektdan cheklanish» 0 etib klaviaturadan tahrirlanadi.
|
| |