|
AutoCADda O’zDST 2.306-96 asosida materiallarni grafik belgilanishini standartlash
|
bet | 48/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad AutoCADda O’zDST 2.306-96 asosida materiallarni grafik belgilanishini standartlash.
AutoCAD da qirqim yoki kesim yuzalari materialligini grafik belgilanishi (shtrixlanishi) to’liq avtomatlashtirilgan bo’lib, faqat yopiq hududli ob’yektlarni shtrixlash mumkin.
Buning uchun:
«Рисование» - «Chizish» asbolar panelidagi
«Shtrixovka» - «Shtrixlash» buyruq piktogrammasi tanlanadi (tasvir 10.5) va «Shtrixovka i gradient» -
«Shtrixlash va bo’yash» oynasi ochiladi (tasvir 10.6).
Ushbu oynada «Tip» - «Turi» tanlash men’yusi asosida «Iz liniy» - «Chiziqli» bandi tanlanadi (tasvir 10.6, 1-amal).
«Угол» - «Burchak» tanlash men’yusi asosida shtrixlarning qiyalik burchagi (misol uchun: 45°) tanlanadi (tasvir 10.6, 2-amal).
«Интервал» - «Oraliq» tahrirlash hududiga standartga muvofiq 1÷10 mm oralig’idagi qiymat (misol uchun:
4) kiritiladi (tasvir 10.6, 3-amal).
«Добавить: точки выбора» - «Qo’shmoq: tanlash
nuqtalari» tugmasi bosilganda (tasvir 10.6, 4-amal) oyna vaqtincha yopiladi.
Tasvir 10.6
Kursor yordamida yopiq ob’ekt hududi tanlanadi (tasvir 10.7-a) va klaviaturadan «Enter» tugmasi bilan tasdiqlanadi. «Штриховка и градиент» -
«Shtrixlash va bo’yash» oynasi takroran ochiladi.
Endi ushbu oynadagi «OK» tugmasi faol vaziyatga keladi va u bosilganda yopiq hududli ob’ekt shtrixlanadi (tasvir 10.7-b).
b)
Tasvir 10.7
AutoCADda O’zDST 2.307-96 asosida o’lcham qo’yishni standartlash.
AutoCAD da chizmaga o’lcham qo’yish «Размеры» - «O’lchamlar» panelidan foydalanib geometrik ob’ektlarning turli o’lchamlarini avtomatlashtirilgan tartibda qo’yish mumkin.
Ob’ektga o’lcham qo’yish ob’ektning xususiyatidan kelib chiqib qo’yiladi.
Misol uchun:
Kesma uzunligini aniqlashda «Линейный» - «Chiziqli», «Вписанный (Параллельный)» - «Tirkalgan (Parallel’)» buruq piktogrammalari tanlanib kesmaning boshi va oxiri sichqoncha yordamida belgilansa o’lcham chiqarish elementlari, o’lcham chizig’i va strelkalar, o’lcham qiymati avtomatik tarzda hosil bo’ladi (tasvir 10.8-a).
Aylana yoyi radiusi, diametri yoki yoy uzunligini aniqlash uchun tegishli
«Радиус», «Диаметр» yoki «Длина дуги» - «Yoy uzunligi» buyruq piktogrammasi tanlanadi va aylana yoyi sichqoncha yordamida belgilansa, yuqoridagi singari o’lchamga tegishli barcha elementlar avtomatik tarzda hosil bo’ladi. O’lcham qiymati oldida esa tegishli radius, diametr yoki yoy uzunligi belgilari chiqadi (tasvir 10.8-b).
Ikkita parallel’ bo’lmagan kesmalar orasidagi burchak «Угловой» -
«Burchakli» buyruq piktogrammasi asosida qo’yiladi. Bunda buyruq tanlangandan so’ng sichqoncha yordamida ikki kesma ketma-ket tanlansa, burchak o’lchamiga tegishli barcha elementlar, qiymat yuqori o’ng burchagida esa gradus belgisi chiqadi (tasvir 10.8-c).
|
| |