|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 56/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad Tasvir 11.16
b)
Tasvir 11.17
Instrumental palitralar oynasidagi «Свойства» - «Xususiyatlar» tugmasi sichqoncha yordamida tanlanib (Tasvir 11.17-a), ro’yxatdan «Динамические блоки» - «Dinamik bloklar» bandi tanlanadi (Tasvir 11.17-b) va ekranda dinamik bloklar palitrasi namoyon bo’ladi.
Tasvir 11.18
Tasvir 11.19. Bitta blokda mujassamlashgan daraxtlar majmuasi.
Dinamik bloklar palitrasida tayyor dinamik bloklar mavjud bo’lib ular loyihalash jarayonida bevosita qo’llanilishi (Tasvir 11.19) yoki bloklarni tahrirlash muhitida o’zgartirilishi mumkin. Umuman olganda har qanday blok loyihalash jarayonida vaqtni qisqarishiga imkon beradi.
Blok deb nimaga aytiladi?
Chizmalarda bloklarni qo’llashdan maqsad nima?
Oddiy blok deb nimaga aytiladi va u qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
Bloklar bilan ishlashda qaysi asboblar paneldan foydalaniladi?
Blok tavsifiga nimalar kiradi?
Dinamik blok qanday xusisiyatlarga ega?
Bloklarni tahrirlash palitrasi qaysi bo’limlardan iborat?
AutoCAD dasturining tayyor dinamik bloklar bibliotekasi qanday yuklanadi?
(12 – ma’ruza)
3D MODELLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA. SIRTLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI.
3D tushunchasi.
Sirtlar va ular bilan bog’liq ilmiy izlanishlar.
Sirtlar geometriyasi va klassifikatsiyasi.
Jismlar geometriyasi.
3D ing. 3 deminsion – uch o’lchamli degan so’zdan kelib chiqgan bo’lib, ushbu tushuncha asosida uch o’lchamga ega bo’lgan yuzali, hajmli va hajmsiz geometrik figuralar tushuniladi.
Hajmli geometrik figuralarga jismlar, yuzali geometrik figuralarga sirtlar va hajmsiz geometrik figuralarga fazoviy egri chiziqlar kiradi.
Bugungi kunda 3D modellari asosan ikki toyifaga mansub bo’lgan geometrik modellardan iborat bo’lib, bular – jismlar (тела) va sirtlar (поверхности)dir. Aynan bir xil geometrik tuzilishga ega bo’lgan figuralar jism yoki sirtdan iborat bo’lishi mumkin.
Ichi bo’sh bo’lmagan hajmli, yopiq to’plamdan iborat geometrik figura jism deb, ichi bo’sh qobiqdan iborat hajmli yoki faqat yuzaga ega hajmsiz geometrik figuralar esa sirt deb aytiladi.
Misol uchun: sfera, kub, prizmalar agar ichi bo’shliqdan iborat qobiq bo’lsa, ular sirtlar deb, aks holda jismlar deb qaraladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, har ikki toifaga mansub 3D modellari tuzilishi jihatdan bir xil geometrik qoqnuniyatlar asosida quriladi.
|
| |