|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 53/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad Tasvir 11.6
Oddiy blok bitta xususiy nuqtadan iborat bo’lib, u bazaviy nuqta hisoblanadi. Blok shu nuqta asosida boshqa joyga ko’chirilishi, chizmadagi ob’ektlarga bog’lanishi mumkin (Tasvir 11.6).
Dinamik blokni yaratish. Blok turli xususiyatlarga – burish, akslantirish, masshtablashtirish, massivlashtirish, cho’zish, turli variantlardan birini tanlash kabi funktsiyalarga ega bo’lsa dinamik blok deyiladi.
Misol uchun tasvir 11.6 da keltirilgan oddiy blokni dinamik blokka o’tkazish misolida ko’rib chiqsak.
Dastlab yaratiladigan dinamik blok qanday funktsiyalarni bajarishi kerakligi shartlari aniqlab olinadi:
Blok ob’ekti 30°, 45°, 60° va 90° burchaklarda burilishi kerak;
Blok ob’ekti bo’yiga 1.5, 2, 2.5 va 3 marta kattalashishi kerak;
Blok ob’ekti 4 ta ustunda massivlanishi kerak.
Blok bajarishi kerak bo’lgan ushbu funkiyalar ketma-ketlik bilan blokka bog’lanishi kerak bo’ladi.
Buning uchun:
Standart instrumentlar panelidagi «Редактор блоков» - «Blok tahrilovchi» piktogrammasi tanlanadi (Tasvir 11.7, 1-amal) va «Редактирование описания блока» - «Blok tavsifini tahrirlash» oynasi ochiladi.
Ushbu oynada tahrirlanadigan blok nomi (Namuna-1) tanlanadi (Tasvir 11.7, 2-amal) va «OK» tugmasi bosiladi.
Tasvir 11.7
«Редактирование описания блока» - «Blok tavsifini tahrirlash» oynasi yopilib ekran bloklarni tahrirlash muhitiga o’tadi (Tasvir 11.8).
Ushbu muhitda «Bloklarni tahrirlash palitrasi» bilan ishlash ancha qulay va tushunarlidir. Palitra uchta bo’limdan iborat bo’lib, bular: «Параметры» -
«Parametrlar», «Операции» - «Operatsiyalar» va «Наборы параметров» -
«Parametrlar to’plami» bo’limlaridir (Tasvir 11.9). Ushbu bo’limlardan asosiylari
«Параметры» va «Operatsiyalar» bo’limidir. Dastlab blok ob’ektiga parametr berilishi lozim, ya’ni qanday funktsiya bajarilishi nazarda tutilganligi e’tiborga olinishi kerak. Bizning misolda ob’ekt 30°, 45°, 60° va 90° burchaklarda burilishi kerak.
|
| |