|
Tasvir 11.1
Oddiy blokni yaratish
|
bet | 52/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocadb)
Tasvir 11.1
Oddiy blokni yaratish. Hech qanday qo’shimcha funktsiyalarga ega bo’lmagan blok oddiy blok deyiladi. Ya’ni ushbu bloklar bir xil vaziyatda va ko’rinishda qo’llanadi.
Misol uchun tasvir 11.2 da keltirilgan ob’ektlarni oddiy blokka o’tkazish talab etilsin.
Тасвир 11.2
Buning uchun:
«Рисование» - «Chizish» asbolar panelidagi «Создать блок» - «Blok yaratish» buyruq piktogrammasi tanlanadi (tasvir 11.3) va «Описание блока»
- «Blok tavsifi» oynasi ochiladi (tasvir 11.4).
Tasvir 11.3 Tasvir 11.4
Ushbu oynada «Имя» - «Nomi» tahrirlash oynasida blokka nom beriladi (Tasvir 11.4, 1-amal). Misol uchun: Namuna-1.
«Объекты» bo’limidagi «Выбрать объект» - «Ob’ektlarni tanlash» tugmasi bosilganda (Tasvir 11.4, 2-amal) oyna vaqtinchalik yopiladi va blok tarkibiga kiruvchi ob’ektlar sichqoncha yordamida tanlanadi. Tanlash tugagach «Enter» tugmasi bosiladi va «Blok tavsifi» oynasi qaytib ochiladi.
«Базовая точка» - «Bazaviy nuqta» bo’limidagi «Указать» - «Ko’rsatish» tugmasi bosilganda (Tasvir 11.4, 3-amal) oyna yana vaqtinchalik yopiladi va sichqoncha yordamida ob’ektni bazaviy nuqtasi tanlanadi. Shunda «Blok tavsifi» oynasi yana faollashadi va oynaagi «OK» tugmasi bosiladi.
Endi «Namuna-1» nomli blok mavjud bo’lib, istalgan vaqtda ushbu blokni chizmada qo’llash mumkin bo’ladi.
Buning uchun:
«Рисование» - «Chizish» asbolar panelidagi «Вставить блок» - «Blokni qo’yish» buyruq piktogrammasi tanlanadi (tasvir 11.5, 1-amal) va «Вставка блока» - «Blok qo’yish» oynasi ochiladi (tasvir 11.5).
Tasvir 11.5
«Вставка блока» - «Blok qo’yish» oynasida «Имя» - «Nomi» tanlash men’yusi asosida yaratilgan blok nomi tanlanadi (tasvir 11.5, 2-amal) va «OK» tugmasi bosiladi.
«Вставка блока» - «Blok qo’yish» oynasi yopiladi va ekranda blok qo’yiladigan joy sichqoncha yordamida ko’rsatiladi.
|
| |