|
Tasvir 12.7 Qiyshiq tekislik sirti
| bet | 60/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad
Aylanish sirtlari.
-
Agar yasovchi chiziq (to’g’ri yoki egri) bo’lib, yo’naltiruvchi sifatida olinadigan biron bir to’g’ri chiziq atrofida aylantirilsa aylanish sirti hosil bo’ladi. Bunda yo’naltiruvchi aylantirish o’qi bo’lib xizmat qiladi (Tasvir 12.8).
-
Bosh meridian
Bo’yin
Parallel
Ekvator
Silindr Konus
Tasvir 12.8. Aylanish sirtlari.
Aylanish sirtlarida yasovchi – bosh meridian deb, aylanishdan hosil bo’lgan eng katta diametr – ekvator va eng kichik diametr – bo’yin deb nomlanadi. Qolgan aylanish chiziqlari parallel’lar deb aytiladi.
Egri sirtlar. Yasovchi va yo’naltiruvchilari ixtiyoriy egri chiziqlardan iborat sirtlar egri sirtlar deyiladi.
-
Agar egri chiziqli yasovchi o’ziga parallel’ vaziyatda bitta egri chiziqli yo’naltiruvchi bo’ylab haraktlansa paralel’ ko’chirish sirtlari hosil bo’ladi (Tasvir 12.9-a).
-
Agar aylanadan iborat yasovchi egri chiziqli yo’naltiruvchi bo’ylab diametrini o’zgartirib yoki o’zgartirmay harakatlansa siklik sirt hosil bo’ladi (Tasvir 12.9- b).
-
Agar yopiq hududli yasovchi (ellips, ko’pburchak) egri chiziqli yo’naltiruvchi bo’ylab hududi yuzasini o’zgartirib yoki o’zgartirmay yo’naltiruvchiga nisbatan doimo perpendikulyar vaziyatda harakatlansa kanal sirti hosil bo’ladi (Tasvir 12.9-s).
1
|
| |