AUTOCAD DASTURIDA 3D MODELLASHTIRISH PANELLARI




Download 6,48 Mb.
bet62/66
Sana19.02.2024
Hajmi6,48 Mb.
#158722
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
kompyuter grafikasi-autocad

AUTOCAD DASTURIDA 3D MODELLASHTIRISH PANELLARI





  • AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash.

  • 3D primitivlari va ular bilan ishlash.

  • 3D sirtlarni yaratish.

  • 3D ob’ektlarini tahrirlash.



AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash. AutoCAD dasturida 3D modellarini qurish uchun dastlab dasturni 3D muhitida ishlash uchun moslashtirish kerak bo’ladi. Buning uchun 3D geometrik ob’ektlarni yaratish, tahrirlash vizuallashtirish kabi funktsiyalar bilan bog’liq qo’shimcha panellarni ekranga chiqarish talab etiladi.
Qo’shimcha panellarni ekranga chiqarish uchun ekranda mavjud panellardagi biron bir buyruq piktogrammasi ustida sichqoncha o’ng tugmasi bosiladi va AutoCAD panellari ro’yxati ekranga chiqariladi (Tasvir 13.1).
Ro’yxatda oldin tanlangan 2D modellashtirish uchun zarur bo’lgan 8 ta panellarga qo’shimcha ravishda yana 7 panel tanlanadi. Bular:

  1. «Вид» - «Ko’rinish»,

  2. «Визуальные стили» - «Vizual uslublar»,

  3. «Моделирование» - «Modellashtirish»,

  4. «Орбита» - «Orbita»,

  5. «ПСК» (pol’zovatel’skaya sistema koordinat) - «FKT» (foydalanuvchi koordinatalar tizimi),

  6. «Редактирование-2» - «Tahrirlash-2»,

  7. «Редактирование тела» - «Jismni tahrirlash» panellari.

Endi jami panellar soni 15 ta bo’lib, oldingi 2D panellari vaziyati o’gartirilmagan holda yangi 3D panellari qulay qilib ekranga joylashtirib chiqiladi. Ish jarayonida panellar vaziyatini o’zgartirib turish tavsiya etilmaydi. Tasvir

    1. da panellarni joylashuvi namuna sifatida keltirilgan bo’lib, ular o’rnatib chiqilgandan so’ng albatta panellar vaziyatini dastur xotirasida saqlab qolish tavsiya etiladi va panellar joylashuvi o’zgartirib yuborilganda saqlangan ish muhitiga o’tib panellarning oldingi vaziyatini tiklash mumkin bo’ladi.





Download 6,48 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Download 6,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AUTOCAD DASTURIDA 3D MODELLASHTIRISH PANELLARI

Download 6,48 Mb.