|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 65/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad Tasvir 13.6
bo’limda izometrik proektsiya ko’rinishlari buyruq piktogrammalari joylashgan, bular:
«ЮЗ (yugo-zapadnaya)» – «JG’ (janubiy-g’arbiy)»;
«ЮВ (yugo-vostochnaya)» – «JSh (janubiy-sharqiy)»;
«СВ (severo-vostochnaya)» – «ShSh (shimoliy-sharqiy)»;
«СЗ (severo-zapadnaya)» – «ShG’ (shimoliy-g’arbiy)».
Odatda 3D ob’ektlari izometrik proektsiyalar muhitida bajariladi, sababi bu muhitda uchala koordinata o’qlari (x,y,z) to’liq ko’rinib turadi va qurilayotgan ob’ekt to’la namoyon bo’lib turadi.
Ko’rinishlar asosida 3D ob’ektlarni ixtiyoriy olti tomondan va 4 xil vaziyatdagi izometrik proektsiyalarda ko’rsatish mumkin bo’ladi.
Ayrim 3D ob’ektlari 4 ta izometrik proektsiyalardan birida qulay vaziyatdagi tasvirni bermasligi mumkin. Misol uchun kubni olsak (Tasvir 13.7-a). Bunda kub izometriyada teng yonli olti burchak shaklida ko’rinib qoladi.
b)
Tasvir 13.7
Shuning uchun ko’rinishlarda va umuman modellashtirishda «Orbita» panelidan foydalanish ancha qulayliklarga ega. Ushbu panel asosida ob’ekt ko’rinishi ixtiyoriy burchak ostida burilib ko’rsatilishi va harakatlantirilishi mumkin (Tasvir 13.7-b).
Shunisi e’tiborliki, orbita asosida burilgan ob’ektlar fazodagi vaziyati va boshqa ob’ektlarga nisbatan vaziyati o’zgarmaydi. Bunda ob’ektlarga nisbatan ko’rinish burchagi o’zgartiriladi xolos. Ob’ektlar istalgan paytda yana oldingi biron bir asosiy ko’rinishlardan biriga yoki izometrik ko’rinishlardan biriga keltirilishi mumkin.
FKT (foydalanuvchi koordinatalar tizimi) paneli. AutoCAD da ikki turdaki koordinatalar tizimi mavjud. Bular o’zgarmas xalqaro (XKT) va o’zgaruvchan foydalanuvchi (FKT) koordinatalar tizimlaridir. Yangi chizmada dastlabki holatda har ikkala tizim ustma-ust holatda bo’lib, foydalanuvchi kordinata tizimi boshqa joyga va boshqa vaziyatga keltirilganda xalqaroga nisbatan amalga oshiriladi va xalqaro koordinata tizimi qaytish imkonini saqlab turadi.
FKT paneli asosan 4 bo’limdan iborat (Tasvir 13.8):
bo’limda XKT va FKTga o’tish rejimlari joylashgan.
bo’limda FKTni 1-ob’ektga, 2-yoqga va 3-ko’rinishga bog’lash buyruq piktogrammalari joylashgan.
bo’limda FKT turli uslubda ko’chirish va o’qlar yo’nalishini berish buyruq piktogrammalari joylashgan.
|
| |