|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 64/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad Tasvir 13.5
2-bo’limda turli uslubda jism va sirtlarni qurish buyruq piktogrammalari joylashgan. Bular:
«Выдавить» – «Siqib chiqarmoq»;
«Вытягивание» –«Cho’zmoq»;
«Сдвиг» – «Siljish»;
«Вращать» – «Aylantirish»;
«По сечениям» – «Kesimlar bo’ylab».
Ushbu bo’limda oldindan yaratigan 2D ob’ektlari asosida 3D sirt yoki jismlari yaratiladi. Ya’ni sirt yoki jismlar yasovchi va yo’naltiruvchilar asosida quriladi. SHuning uchun dastlab sirt yoki jismlarning yasovchi va yo’naltiruvchilarini qurish talab etiladi.
3-bo’limda tarkibli jismlarni hosil qilish buyruq piktogrammalari joylashgan. Bular:
«Объединение» – «Birlashuv»;
«Вычитание» – «Ayiruv»;
«Пересечение» – «Kesishuv».
Ushbu bo’lim asosida oldindan yaratilgan jismlar bir-biri bilan birlashib, biri ikkinchisidan ayrilib yoki ikki jism o’zaro kesishib yangi jism hosil qilinadi. Bunday jismlar tarkibli jismlar deyiladi.
4-bo’limda 3D ob’ektlarni fazo bo’ylab ko’chirish, burish, bir-biriga tekislash buyruq piktogrammalari joylashgan. Bular:
«3D perenos» – «3D ko’chirish»;
«3D povorot» – «3D burish»;
«3D viravnivanie» – «3D tekislamoq (to’g’rilamoq)».
Ushbu bo’limda yaratilgan 3D ob’ektlari x, y va z o’qlari bo’ylab bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi, burilishi va 3D ob’ektlari bir-biriga tekislab olinishi mumkin.
Ko’rinish paneli. Panel asosan 2 bo’limdan iborat (Tasvir 13.5).
bo’limda asosiy standart ko’rinishlar bo’lib, unda quyidagi buyruq piktogrammalari joylashgan:
«Сверху» – «Ustidan»;
«Снизу» – «Ostidan»;
«Слева» – «Chadan»;
«Справа» – «O’ngdan»;
«Спереди» – «Oldindan»;
«Сзади» – «Ortdan».
Odatda 2D modellashtirish muhitida ustdan ko’rinish faol holatda bo’ladi va barcha 2D ob’ektlari usdan ko’rinish tekisligida, ya’ni xy koordinatalar tekisligida yaratiladi.
|
| |