• Tasvir 10.3
  • AutoCADda O’zDST 2.304-97 asosida chizma shriftlarini standartlash




    Download 6,48 Mb.
    bet47/66
    Sana19.02.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #158722
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
    Bog'liq
    kompyuter grafikasi-autocad

    AutoCADda O’zDST 2.304-97 asosida chizma shriftlarini standartlash.


    Chizma shriftlarining bir nechta shablonlarini oldinidan yaratib qo’yish tavsiya etiladi. Misol uchun: Asosiy yozuvdagi bosh harflar balandligi 2.5, O’lchamlardagi sonlar balandigi 5, titul varaqlarini rasmiylashtirishda bosh harflar balandigi 7 va h.


    Umuman standartdagi barcha shriftlarning bosh harflari balandligi 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28; 40 asosida shablonlarni oldindan tayyorlab qo’yish mumkin.
    Buning uchun:

    1. «Стили» - «Uslublar» panelidagi «Текстовые стили» - «Matn uslublari» piktogrammasi tanlanib (tasvir 10.3 1-amal), «Текстовые стили» - «Matn uslublari» oynasi ochiladi.

    2. «Текстовые стили» - «Matn uslublari» oynasidagi «Новый» - «Yangi» tugmasi tanlanib (tasvir 10.3, 2-amal), «Новый текстовый стиль» - «Yangi matn uslubi» oynasi ochiladi.

    3. «Имя стиля» - «Uslub nomi» tahrirlash hududida yangi uslub nomi (misol uchun, bosh harf balandligi qiymati) klaviaturadan kiritilib (tasvir 10.3, 3- amal), «OK» tugmasi bilan tasdiqlanadi (tasvir 10.3, 4-amal) va «Новый текстовый стиль» - «Yangi matn uslubi» oynasi yopiladi.




    Tasvir 10.3






    Tasvir 10.4



    1. «Текстовые стили» - «Matn uslublari» oynasidagi «Имя шрифта» - «Shrift nomi» tanlash men’yusi asosida shrift nomlari ro’yxatidan ISOCPEUR

    tanlanadi (tasvir 10.4, 5-amal). Ushbu shrift standart talabidagi harflar tuzilishiga mos keladi.

    1. «Начертание» - «Tuzilishi» tanlash men’yusidan «Курсив» bandi tanlanadi (tasvir 10.4, 6-amal) va harflar qiya holatga keltiriladi.

    2. «Высота» - «Balandligi» tahrirlash hududida bosh harflar balandligi qiymati klaviaturadan kiritiladi (tasvir 10.4, 7-amal).

    3. «Применить» - «Qo’llash» tugmasi bosiladi (tasvir 10.4, 8-amal) va bitta shablon yaratiladi.

    «Новый» - «Yangi» tugmasi bosilganda yana «Новый текстовый стиль» -
    «Yangi matn uslubi» oynasi ochiladi. Unda shriftga nom berib keyingi shablon tayyorlanishi mumkin. Bunda faqat «Текстовые стили» - «Matn uslublari» oynasidagi «Высота» - «Balandligi» tahrirlash hududida yangi bosh harflar balandlik qiymatini kiritish kifoya.

    1. Barcha shrift shablonlari tayyorlanib bo’lingach, «Текстовые стили» - «Matn uslublari» oynasidagi «Закрыть» - «Yopish» tugmasi bosiladi va oyna yopiladi (tasvir 10.4, 9-amal).




    Download 6,48 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AutoCADda O’zDST 2.304-97 asosida chizma shriftlarini standartlash

    Download 6,48 Mb.