|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 44/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocadMaterialning nomlanishi
|
Materialning grafik belgilanishi
|
№
|
Materialning nomlanishi
|
Materialning
grafik belgilanishi
|
1.
|
Metallar va qattiq qotishmalar
|
|
7.
|
SHisha va boshqa shaffof materiallar
|
|
2.
|
Presslangan va metallmas materiallar
|
|
8.
|
Suyuqliklar
|
|
3.
|
YOg’och
|
|
9.
|
Tabiiy grunt
|
|
4.
|
Tabiiy tosh
|
|
10.
|
To’kilgan grunt va shunga o’xshash materiallar
|
|
5
|
Beton
|
|
11.
|
To’r va to’qima materiallar
|
|
6
|
Teriladigan keramik va silikat materiallar
|
|
12.
|
Temir-beton aralashmasi
|
|
Materiallarni kesim yuzasini shtrixlashda quyidagi talab va qoidalarga rioya qilinadi:
Kesim yuzasini shtrixlash chiziqlari kontur chizig’iga yoki asosiy yozuvga nisbatan 45°, 30°, 60° qiyalatib o’tkaziladi.
Parallel’ shtrixlash chiziqlari orasidagi masofa 1÷10 mm oralig’ida olinadi.
Bir chizmaning o’zidagi barcha qirqim va kesimlarning shtrix chiziqlari oralig’idagi masofa bir xil bo’lishi ta’minlanishi lozim.
Yonma-yon joylashgan ikki turli detalning kesimlari bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishda shtrixlanadi.
Ikki turli detal uchinchi bir detal bilan yondashadigan bo’lsa, shtrixlar orasidagi oraliq o’zgartiriladi yoki bir detal kesimining shtrixlash chizig’i ikkinchisiga nisbatan siljitib bajariladi.
O’zDST 2.307-96 (Chizmalarga o’lchamlar qo’yish)
Ushbu stanandart chizmalarda buyumlarning o’lchamlarini qo’yish qoidalari va talablarini belgilab beradi. O’lchamlar chizmalarda o’lcham chiziqlari va o’lcham sonlari yordamida ko’rsatiladi. O’lcham sonlari tasvirlanuvchi buyum va uning elementlari kattaligini aniqlashga asos bo’ladi.
O’lchamlarni qo’yishdagi asosiy talab va qoidalar:
O’lcham sonlari chizmada 3,5 yoki 5 shrift bilan yozish tavsiya etiladi.
Chizmalarda chiziqli o’lchamlar hamma vaqt millimetr hisobida qo’yiladi, lekin mm yozuvi chizmada ko’rsatilmaydi.
Chizmaning qanchalik aniq bajarilishidan va masshtabidan qat’i nazar, hamma vaqt chizmada detalning haqiqiy o’lchami yoziladi.
Chizmadagi har bir o’lcham faqat bir marta ko’rsatiladi. Chizmada o’lchamlar mumkin qadar kam bo’lishi va shu bilan birga, buyumni tayyorlash hamda
nazorat qilish uchun etarli bo’lishi zarur. Buyumning asosiy kshrinishlarida o’lcham qo’yishda barcha o’lchamlar soni ko’rinishlarga teng taqsimlanib qo’yilishiga harakat qilish lozim. O’lchamlar soni teng uchga bo’linmagan taqdirda bosh ko’rinishga bir yoki ikkita o’lcham ortiqcha qo’yilishiga yo’l qo’yiladi.
O’lcham chiziqlari va uning elementlarini mumkin qadar tasvir konturidan tashqari tomonga qo’yishga harakat qilish lozim.
Parallel’ o’lcham chiziqlari oralig’i 7 mm.dan kam bo’lmasligi, o’lcham chizig’idan kontur chiziqlargacha bo’lgan masofa esa 10 mm.dan kam bo’lmasligi kerak. Strelkalar o’lchami asosiy yo’g’on tutash chiziqlar yo’g’onligiga nisbatan uzunligi 6÷10 S qilib olinadi (tasvir 9.17).
Tasvir 9.17
Buyumning gabarit o’lchamlari konstruktiv o’lchamlardan keyin oxirida qo’yiladi. Asosiy ko’rinishlarda bittadan gabarit o’lchami qo’yilishi lozim.
O’lchamlarni qo’yishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Zanjir usuli – detalga tegishli barcha elementlarning o’lchamlari ketma-ket qo’yib chiqiladi (tasvir 9.18-a).
Koordinat usuli – barcha o’lchamlar tanlab olingan chiziq yoki yuza (baza)dan boshlab qo’yiladi (tasvir 9.18-b).
Kombinatsiyalashgan usul – bunda zanjir va koordinat usullaridan aralash holda foydalaniladi (tasvir 9.18-c).
|
| |