|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 34/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocadNAZORAT SAVOLLARI
Bog’lash asboblar paneli buyruqlaridan nima maqsadda foydalaniladi?
Ob’yektlarni xususiy nuqtalari deganda nimani tushunasiz?
Kvadrant nima?
Aylana va ellipsda nechta xususiy nuqtalari mavjud?
Bog’lash rejimlari nima uchun kerak?
Chizish rejimlariga nimalar kiradi?
Kuzatish nima nimalarni kuzatish mumkin?
Ob’yektga o’lcham qo’yish qanday amalga oshiriladi?
O’lcham qo’yishda dastur tomonidan qanday elementlar avtomatik tarzda hosil qilinadi?
(7 – ma’ruza)
QATLAMLAR. QATLAM ASOSIDA LOYIHALASH.
Qatlam (Sloy) tushunchasi.
Qatlam yaratish va ob’ektni qatlamga berkitish.
Qatlamlarni tahrirlash.
Qatlam tushunchasi. AutoCAD dasturida muhandislik loyihalarini bajarishning qulay imkoniyatlaridan biri chizmaning har bir jarayonini qatlamlar asosida bajarishdir. Xususan murakkab loyihalarni bosqichlarga bo’lib, har bir bosqichni alohida qatlamga joylashtirish, chizmalarni tuzishda muhandis- loyihachini chigallik va chalkashliklardan xoli etadi, loyiha jarayonini esa ijod maydoniga aylantiradi.
Qatlam – bu shaffof chizma muhiti bo’lib, unda ob’ektlar ma’lum bir xususiyatlarga ega bo’ladi va boshqa qatlam muhitiga tegishli bo’lmaydi.
Qatlamlar asosida yaratilgan loyiha shaffof kal’ka yoki plenka qog’ozlarida bajarilgan chizmalarni eslatadi (Tasvir 7.1). Ya’ni ushbu chizmalar ustma-ust joylashtirilsa barcha chizmalar bir butun loyihani tashkil etadi (Tasvir 7.2).
Tasvir 7.1
Albatta bunday loyihani ko’rinishi va undagi chizmani o’qish noqulaylik va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin, lekin AutoCAD dasturi bunday
loyihalarni bevosita tahlil eta oladi va har bir qatlamga tegishli ma’lumotlarni kompyuter xotirasida alohida saqlaydi.
|
| |