|
«Линейный» - To’g’ri o’lcham
|
bet | 33/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad «Линейный» - To’g’ri o’lcham
«Параллельный» - Parallel o’lcham
«Длина дуги» Yoy uzunligi
«Ординатный» - Ordinata o’lchami
«Радиус» - Radius o’lchovi
«С изломом» - Siniq chiziqli radius o’lchovi
«Диаметр» - Diametr o’lchovi
«Угловой» - Burchak o’lchovi
«Быстрый размер» - Tez o’lchov
«Базовый» - Bazaviy o’lchov
«Продолжить» - Davomli o’lchov
«Быстрая выноска» - Chiqarish ko’rsatichi
«Допуск» - Dopusk o’rnatish
«Маркер центра» - Markaz blgisi
O’lchamlarni tahrirlash bo’limi
«Редактировать размер» - O’lchamni tahrirlash
«Редактировать текст» - Matnni tahrirlash
«Обновить размер» - O’lchamni yangilash
«Размерные стили» - O’lcham uslublari
O’lchamlar qo’yish asosan ob’yekt chegara nuqtalarini tanlash asosida amalga oshiriladi. Misol uchun kesma uzunligi o’lchamini chiqarish uchun
«Линейный» - to’g’ri o’lcham yoki «Параллельный» - parallel o’lcham buyrug’i tanlanib kesmaning boshi va oxiri sichqoncha yordamida tanlanadi. Dastur o’lcham chizig’ini, chiqarish elementlarini, strelkalarni va o’lcham qiymatini avtomatik tarzda o’zi yasaydi. Bunda o’lcham chizig’ini ob’yektdan qancha masofa uzoqlikda qo’yishni foydalanuvchi o’zi ko’rsatishi kerak bo’ladi.
Aylana, yoy va burchaclarni o’lchashda esa ob’yektlarni o’zini tanlash kifoya. Yani aylana radiusi yoki diametriga tegishli buyruq piktogrammasi tanlangandan so’ng aylana yoyi sichqoncha yordamida tanlansa o’lcham chizig’i, strelkalar, radius yoki diametr belgisi va qiymat avtomatik tarzda yasaladi. Foydalanuvchi faqat o’lchamni chizmada joylashuvini ko’rsatsa yetarli.
Burchak o’lchamini chiqarishda burchak piktogrammasi tanlanib, burchak hosil qilgan ikkita chiziq ketma-ket sichqoncha yordamida tanlansa yuqoridagi keltirilgan misollar singari burchak o’lchamiga tegishli barcha elementlar avtomatik tarzda namoyon bo’ladi. Foydalanuvchi tomonidan o’lcham chizig’ining ekrandagi vaziyati ko’rsatilsa yetarli.
|
| |