• NAZORAT SAVOLLARI
  • Расчленить – Qismlarga bo’lish buyrug’i




    Download 6,48 Mb.
    bet30/66
    Sana19.02.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #158722
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
    Bog'liq
    kompyuter grafikasi-autocad

    Расчленить – Qismlarga bo’lish buyrug’i.


    Ushbu tahrirlash buyrug’i asosan yaxlit hosil qilingan bir butun ob’yektni ob’yektlarga ajratishni nazarda tutadi. Ya’ni hududni hosil qilgan ob’yektlar,
    «Полилиния» - Xususiyatli chiziq buyrug’i asosida hosil qilingan ob’yektlar, ko’pburchaklarni yasovchilarga bo’ladi va ularni tahrirlashga imkon beradi.
    Tahrirlash ketma – ketligi:
    I usul:

    1. Tahrirlanuvchi ob’yekt sichqoncha yordamida tanlanadi.

    2. Tahrirlash panelidagi «Расчленить» - Qismlarga bo’lish piktogrammasi tanlanadi.

    I usul:

    1. Tahrirlash panelidagi «Расчленить» - Qismlarga bo’lish piktogrammasi tanlanadi.

    2. Tahrirlanuvchi ob’yekt sichqoncha yordamida tanlanadi.



    NAZORAT SAVOLLARI


      1. Tahrirlash panelining asosiy vazifasi nimadan iborat?

      2. Qanday qilib ob’yektlardan nusxa olish mumkin?

      3. Akslantirish deganda nimani tushunasiz?

      4. Akslantirish buyrug’ining asosiy sharti nimadan iborat?

      5. O’xshatish buyrug’i qanday amalga oshiriladi?

      6. Massiv deganda nimani tushunasiz?

      7. Tortburchak massiv parametrlari nimalardan iborat?

      8. Aylanma massiv parametrlari nimalardan iborat?

      9. Ko’chirish buyrug’i nusxa olish buyrug’idan qanday farq qiladi? 10.Burish buyrug’i qanday amalga oshiriladi?

    11.Cho’zish buyrug’ida ob’yekt(lar) qanday tanlanadi? 12.Kesish buyrug’i qanday amalga oshiriladi?
    13.Uzaytirish buyrug’i asosida qanday ob’yektlarni uzaytirish mumkin? 14.Uzish va nuqtada uzish qanday natijalarga olib keladi?
    15.Qanday ob’yektlarni o’zaro tutashtirish mumkin? 16.Faskalarni qaysi parametrlar asosida bajarish mumkin? 17.Tutashmalarni bajarishda asosiy parametrlar nimalar?

    1. Qismlarga bo’lish buyrug’i asosida qanday ob’yektlarni tahrirlash mumkin?

    (6 – ma’ruza)


    «Объектная привязка» - Ob’yektlarni bog’lash asboblar paneli

    Ob’yektlarni bog’lash asboblar paneli chizish va tahirlash asboblar paneli buyruqlari uchun xizmat qiladi. Undagi bog’lovchi buyruqlar ob’yektlarni bir- biriga yuqori aniqlikda birikishini ta’minlaydi. Biron bir ob’yektga nisbatan chizish yoki tahrirlash amallarini bajarishda ob’yektga tegishli aniq bir nuqtasini tanlashga imkon beradi.


    Har qanday ob’yektning o’zini xususiy nuqtalari mavjud bo’lib, ushbu nuqtalar ob’yektning bosh nuqtalari hisoblanadi va ular obyektning parametrini belgilab beradi. Ushbu bosh nuqtalarni oldindan bilish lozim. Bular:

      • Kesma uchun – uchta: boshi, ortasi, oxiri.

      • Yo’g’ri nur uchun – uchta: ikkita yo’naltiruvchi va o’rtasi.

      • (Poliliniya) Xususiyatli chiziq ucun – ikkita: boshi va oxiri.

      • Kopburchak uchun – har bir yasovchiga ikkita: boshi va oxiri.

      • To’g’ri to’rtburchak uchun – har bir yasovchiga ikkita: boshi va oxiri.

      • Yoy uchun – to’rtta: boshi, oxiri, yoy o’rtasi va markazi.

      • Aylana uchun – beshta: to’rtta kvadrantlari (X va Y o’qlari bilan kesishuvi) va markazi.

      • Bulut yasalganda har bir yoy uchun – uchta: boshi, ortasi, oxiri.

      • Splayn (lekalo egri chiziqlari) uchun – har bir burilishda bitta.

      • Ellips uchun – beshta: to’rtta kvadrantlari (X va Y o’qlari bilan kesishuvi) va markazi.

      • Ellips yoyi uchun – to’rtta: boshi, oxiri, yoy o’rtasi va markazi.

      • Ko’p qatorli matn uchun – matn chegarasi bo’ylab to’rtta.

    Ob’yekt bog’lovchisi panelining afzallik tomoni shuki murakkab turdagi chizmalarni chizish va tahrirlashda ob’yektlar majmuasidagi kerakli nuqtani topishga ko’maklashadi. Biron bir chiziqga perpendicular yoki parallel chiziq o’tkazishda qo’shimcha harakat va burchaklarni aniqlashdan xoli etadi.



    Download 6,48 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Расчленить – Qismlarga bo’lish buyrug’i

    Download 6,48 Mb.