• Разорвать – Uzish buyrug’i.
  • Соединить – Tutashtirish buyrug’i.
  • Разорвать в точке – Bir nuqtada uzish buyrug’i




    Download 6,48 Mb.
    bet28/66
    Sana19.02.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #158722
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
    Bog'liq
    kompyuter grafikasi-autocad

    Разорвать в точке – Bir nuqtada uzish buyrug’i.


    Ushbu tahrirlash buyrug’i ob’yektni bitta nuqtada uzib ikkita ob’yekt hosil qilishni nazarda tutadi. Tahrirlash buyrug’i aylana va ellipslardan boshqa
    barcha ob’yektlarni ikkita ob’yektga ajrata oladi. Tahrirlash ketma – ketligi:

    1. Tahrirlash panelidagi «Разорвать в точке» - Bitta nuqtada uzish buyruq piktogrammasi tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.Uziladigan ob’yekt sichqoncha yordamida tanlanadi.

    2. Sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ob’yektning uzilish nuqtasi tanlanadi.

    3. Ob’yekt ikkita aloxida ob’yeftga bo’linadi.



    Разорвать – Uzish buyrug’i.


    Tahrirlash buyrug’i ob’yektda uzilish hosil qiladi. Ya’ni ikkita nuqtada uzib oraliq ob’yektni olib tashlaydi. Ushbu tahrirlash buyrug’i barcha
    ob’yektlarda uzilish hosil qila oladi. Tahrirlash ketma – ketligi:

      1. Tahrirlash panelidagi «Разорвать» - Uzish buyruq piktogrammasi tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.

      2. Ob’yektdagi uzilish hosil qilinadigan birinchi nuqta tanlanadi.

      3. Ob’yektdagi uzilish hosil qilinadigan ikkinchi nuqta tanlanadi.

    Izoh: Aylana va ellipslarda uzilish hosil qilishda soat strelkasiga teskari yo’nalish e’tiborga olinishi lozim. Ya’ni birinchi nuqta tanlangandan so’ng ikkinchi nuqtagacha bo’lgan oraliqdagi yoy soat strelkasiga teskari yo’nalishda yo’qoladi.


    Соединить – Tutashtirish buyrug’i.


    Tahrirlash buyrug’i xususiyatlari o’zaro mos ob’yektlarni bitta ob’yektga aylantirishni nazarda tutadi. Ya’ni ob’yektlar majmuasi tutashtirilib, bitta ob’yekt deb qabul qilinadi. Bir nurda yotgan kesmalarni, bir markaz va radiusga ega bo’lgan aylana yoylarini yoki ellips yoylarini, bir nuqtada uzilgan splayn
    chiziqlarini o’zaro tutashtirilishi mumkin.
    Bunda qo’yiladigan asosiy shart ob’yektlar bir tekislikda va bir yo’nalishda bo’lishi lozim. Bir kesma yonalishidagi ikkinchi kesma o’zaro tutashtirilishi, aylana segmenti uning radiusi va markaziga mos boshqa segment bilan bir butun aylana yoyini yoki to’liq doirani hosil qilishi mumkin. Xususiyatli va lekalo chiziqlar esa aynan shunday ob’yektlar bilan biron bir uchi orqali tutash bo’lsa ular payvand etiladi.
    Tahrirlash ketma – ketligi: I usul:

    1. Tahrirlash panelidagi «Соединить» - Tutashtirish buyruq piktogrammasi tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.

    2. Ob’yektlar tanlanib “Enter” tugmasi bosiladi. II usul:

    1. Dastlabki tutashtirish ob’yekti tanlanadi.

    2. Tahrirlash panelidagi «Соединить» - Tutashtirish buyruq piktogrammasi tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.

    3. Tutashtiriladigan ob’yektlar sichqoncha ko’rsatkichi bilan tanlanib “Enter” tugmasi bosiladi.

    Download 6,48 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Разорвать в точке – Bir nuqtada uzish buyrug’i

    Download 6,48 Mb.