|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 22/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad Зеркало – Oyna buyrug’i.
Ushbu tahrirlash buyrug’i ob’ektni teskari aks tasvirlashni nazarda tutadi.
Shuni aytib o’tish joizki teskari aks tasvirlashda ma’lum bir o’qni ko’rsatish talab etiladi va ob’yekt (ob’yektlar) shu o’qga nisbatan aks tasvirlanadi. Aks tasvirlovchi o’qning ikkita nuqtasi ko’rsatilib, ob’yekt
(ob’yektlar)ning barcha nuqtalari shu o’qga nisbatan qancha masofada joylashgan bo’lsa, teskari tomonga ham shuncha masofada joylashadi.
Taxrirlash ketma-ketligi:
I usul:
Ob’ekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
«Зеркало» – Oyna buyruq piktogrammasi bosiladi.
Ekranga «Первая точка оси отражения:» - Aks tasvirlovchi o’qning birinchi
nuqtasi: axboroti chiqariladi.
Aks tasvirlovchi o’qning
birinchi nuqtasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanadi.
Ekranga «Вторая точка оси отражения:» - Aks tasvirlovchi oqning ikkinchi nuqtasi: axboroti chiqariladi.
Aks tasvirlovchi oqning ikkinchi nuqtasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida
tanlanadi.
Ekranga «Удалить исходные объекты? ↓» N - Dastlabki ob’yektlar o’chirilsinmi? ↓ Y axboroti chiqadi.
Agarda dastlabki ob’yektlarni o’chirish lozim bo’lmasa klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi. Bu bilan axborot oynadagi H – «нет» - yo’q buyrug’i tasdiqlanadi. O’chirish lozim bo’lsa klaviaturadagi ↓ tugmasi tanlanib qo’shimcha axborot oynasi chiqariladi. Unda ikkita band «Да» - Ha, «Нет» - Yo’q mavjud. «Da» - Ha bandi tanlansa dastlabki ob’yekt o’chirilib aks tasvirlangan ob’yekt saqlanadi.
II usul:
«Зеркало» – Oyna buyruq piktogrammasi bosiladi.
Ob’ekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Aks tasvirlovchi o’qning birinchi nuqtasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanadi.
Aks tasvirlovchi oqning ikkinchi nuqtasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanadi.
«Да» - Ha, «Нет» - Yo’q shartlaridan biri tanlanadi.
|
| |