• «Круг» - Aylana chizish tugmasi.
  • «Дуга» - Yoy chizish tugmasi




    Download 6,48 Mb.
    bet18/66
    Sana19.02.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #158722
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
    Bog'liq
    kompyuter grafikasi-autocad

    «Дуга» - Yoy chizish tugmasi.


    Usbu buyruq tugmasi radiusli yoylarni bajarishni nazarda tutadi. Ma’lumki yoy uchta parametrga ega, ya’ni yoy markazi, boshi va oxiri. Tugma tanlanga ekranga «Начальная точка дуги или ↓» - Yoyning boshlanish nuqtasi yoki ↓
    axboroti chiqadi. Klaviaturadagi ↓ tugmasi bosilsa qo’shimcha axborot oynasi ekranga chiqadi.
    Unda bitta band «Центр» - Markaz mavjud bo’lib, dastlab yoy markazini ko’rsatish nazarda tutiladi. Markaz bandi tanlangandan so’ng sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ekranda yoy markazi belgilanadi. Yoyning boshlang’ich nuqtasi tomon burchak yo’nalishi ko’rsatilgan holda radiusning qiymati klaviaturadan kiritiladi. “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanib, yoyning tugash nuqtasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida belgilanadi va yoy hosil qilinadi. Yoy bajarishda yo’nalish soat strelkasiga teskari bo’lishi lozim.
    Dastlab yoyning boshlanish nuqtasi so’ng radiusi va keyin tugash nuqtasini
    belgilab ham bajarish mumkin. Buning uchun
    «Дуга» - Yoy chizish buyruq tugmasi tanlangandan so’ng, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida yoyning boshlanish nuqtasi tanlanadi. Ekranda «Вторая точка дуги или ↓» - Yoyning ikkinchi nuqtasi yoki
    ↓ axboroti chiqariladi. Klaviaturadan ↓ tugmasi bosilganda qo’shimcha axborot oynasi chiqariladi. Unda ikkita band – «Центр» - Markaz va «Конец» - Oxiri mavjud bo’lib, «Центр» - Markaz bandi tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi yordamida markaz tanlanadi va yoyning tugash nuqtasi ko’rsatiladi.


    «Круг» - Aylana chizish tugmasi.


    Ushbu buyruq tugmasi aylanani turli parametrlarga asoslanib chizishni nazarda tutadi. Odatda buyruq tanlanganda aylana markazi va radiusini berish
    yetarli. Tugma tanlanganda ekranda
    «Центр круга или ↓ - Aylana markazi yoki ↓ degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi ↓ ko’rsatkich yordamida qo’shimcha axborot oynasi chaqiriladi.
    Unda «3T» - 3N (3 nuqta asosida), «2T» - 2N (2 nuqta asosida) va «ККР» - UUR (urinma, urinma, radius) bandlari mavjud bo’lib, «3T» - 3N (uch nuqta asosida)
    bandi tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ekranda uchta nuqta ketma ket belgilanishi kerak. Shu uch nuqtadan o’tuvchi bitta aylana hosil qilinadi.
    «2T» - 2N (ikki nuqta asosida) bandi tanlansa, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ikkita nuqta ketma-ket belgilanishi kerak. Shu ikkita nuqtadan o’tuvchi bitta aylana hosil qilinadi.
    «ККР» - UUR (urinma, urinma, radius) bandi tanlansa, ikkita to’g’ri chiziq yoki ob’ekt sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ketma-ket tanlanadi va klaviaturadan radius qiymati kiritiladi. Aylana berilgan radius qiymatida va tanlangan ob’ektlarga urinma asosida hosil qilinadi.
    Shuningdek aylanani diametr asosida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun «Круг» - Aylana buyruq tugmasi tanlangandan so’ng, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida aylana markazi belgilanadi. Ekranda
    «Радиус круга или ↓» - Aylana radiusi yoki ↓ axboroti chiqadi. Klaviaturadan qiymat kiritilsa radius qiymati deb qabul qilinadi. Agar klaviaturadagi ↓ ko’rsatkichi bosilsa, ekranga qo’shimcha axborot oynasi chiqariladi. Udagi «Диаметр» - Diametr bandi tanlanib, klaviaturadan qiymat kiritiladi. Ekranda belgilangan markazda kiritilgan diametr
    qiymati asosida aylana hosil qilinadi.



    Download 6,48 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Дуга» - Yoy chizish tugmasi

    Download 6,48 Mb.