• «Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi.
  • «Прямая» - To’g’ri chiziq o’tkazish tugmasi




    Download 6,48 Mb.
    bet16/66
    Sana19.02.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #158722
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
    Bog'liq
    kompyuter grafikasi-autocad

    «Прямая» - To’g’ri chiziq o’tkazish tugmasi.


    Tugma bosilganda sichqoncha ko’rsatkichi nur o’tkazilishi lozim bo’lgan nuqtani so’raydi. Nuqta tanlangach, ikkinchi yo’naltiruvchi nuqta so’raladi. Ikkinchi nuqta tanlangandan so’ng yo’nalish bo’yicha har ikki tomonga yo’nalgan cheksiz nur o’tkaziladi va sichqoncha kursori birinchi tanlangan nuqtani asos qilib ikkinchi yo’nalish nuqtani vaziyatini so’raydi.
    Bundan tashqari, nurni bevosita gorizontal, vertikal, burchak kattaligida, bissektrisa, ma’lum uzoqlikda bajarish mumkin. Buning uchun to’g’ri chiziq buyrug’i tanlanganda klaviaturadagi - tugmasi bosiladi va ekranda yordamchi
    menu oynasi chiqariladi. Unda «Гор» - Gorizontal, «Вер» - Vertikal, «Угол» - Burchak, «Биссект» - Bissektrisa va «Отступ» - Ma’lum uzoqlikda bandlari mavjud. Kerakli band sichqoncha yordamida tanlanadi.
    «Угол» - Burchak tanlansa, klaviatura yordamida sonli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
    «Биссект» - Bissektrisa tanlansa, sichqoncha ko’rsatkichi bissektrisa o’tkaziladigan burchakning uchiga keltirilib bosiladi, so’ng burchakning har ikkala tomoni ketma-ket tanlanadi.
    «Отступ» - Ma’lum uzoqlikda nur o’tkazish tanlansa dastlab, klaviaturadan uzoqlashish masofasi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Keyin to’g’ri chiziqli ob’ekt tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ushbu ob’ektning qaysi tomoni tanlanishini so’raydi (chap yoki o’ng, yuqori yoki pastidan va h.). Tomon sichqoncha yordamida tanlanishi bilan tanlangan ob’ektga parallel va belgilangan masofa uzoqligida cheksiz nur o’tkaziladi. Buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi.
    Izoh: Tahrirlash panelidan foydalanib nur to’g’ri chizig’ining kerakli qismi saqlanib, keraksiz qismi o’chirilishi mumkin


    «Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi.


    Bu buyruq ancha murakkab xususiyatlarga ega bo’lgan chiziqlarni bajarish uchun qo’llaniladi. Aytaylik, chizqning yoyga o’tib ketishi, chiziqning trapesiyasimon qiymatlarda yo’g’onlashuvi yoki ingichkalashib borishi nazarda tutiladi. Qisqa qilib aytganda murakkab parametrlarga ega bo’lgan xususiyatli chiziqlarni bitta ob’ekt deb qabul qiladi.
    Izoh: Keyinchalik tahrirlash panelidan foydalanib xususiyatli chiziqni tahrirlash mumkin.
    Dastlab buyruq tugmasi tanlanganda «Отрезок» - Kesma buyrug’i singari ketma ket to’g’ri chiziqlarni chizish mumkin. Agarda, boshlang’ich nuqta tanlanib, so’ngra klaviaturadagi ↓ - tugmasi bosilsa ekranga yordamchi menu oynasi chiqariladi. Ushbu yordamchi menudan «Дуга» - Yoy
    tanlanganda Bevosita turli radiuslarga ega bo’lgan yoylarni bajarish mumkin.
    Aniq qiymatlarga ega bo’lgan yoylarni bajarish uchun esa yana klaviaturadagi - tugmasi bosiladi va yordamchi menu chaqiriladi.
    Ushbu yordamchi menu «Угол» - Burchak, «Центр»

    • Markaz, «Направление» - Yo’nalish, «Полуширина» - Yarim enli, «Линейный» - Chiziqli, «Радиус» - Radius,

    «Вторая» - Ikkinchi, «Отменить» - Rad etish, «Ширина»

    • Kengligi kabi buyruqlarga ega-ki ularning har biri bilan bevosita mashg’ulotlar jarayonida tanishib, o’qituvchi yordamida o’rganib boriladi.

    Izoh: Mashg’ulotlar davomida axborot menu oynasidagi barcha bandlarni o’rganib chiqish kerak.



    Download 6,48 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Прямая» - To’g’ri chiziq o’tkazish tugmasi

    Download 6,48 Mb.