• Operatsion tizim.
  • Processor
  • Ko’rsatish qurilmasi
  • AutoCAD dasturini o’rnatish uchun personal kompyuter (PK) sistemasiga qo’yiladigan talablar




    Download 6,48 Mb.
    bet12/66
    Sana19.02.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #158722
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
    Bog'liq
    kompyuter grafikasi-autocad

    AutoCAD dasturini o’rnatish uchun personal kompyuter (PK) sistemasiga qo’yiladigan talablar.


    AutoCAD 2006, 2007 dasturlari o’rnatiladigan kompyuter ma’lum bir minimal talablarga javob berishi, parametrlarga ega bo’lishi lozim. Ushbu talablarga quyidagilar kiradi:
    1. Operatsion tizim.


      • WINDOWS XP Professional (sp1 yoki 2)

      • WINDOWS XP Home (sp1 yoki 2)

      • WINDOWS XP Tablet PC

      • WINDOWS 2000 (sp4)
    2. Web – brauzer


      • Microsoft Internet Explorer 6.0 (sp1 yoki yanada yangi paket)

    Izoh: dastur o’rnatilgandan so’ng rasmiylashtirish uchun zarur.
    1. Processor


      • Pentium III yoki undan yuqori 800 MGc
    2. OZU (operativ xotira)


      • 512 MB (tavsiya etiladi)
    3. Video


      • 1024X768 VGA, ranglar palitrasi True Color (minimum)
    4. Qattiq disk (vinchester)


      • 500 MB o’ringa ega bo’lishi
    5. Ko’rsatish qurilmasi

    6. CD – ROM


      • Dasturni o’rnatish uchun, qaysi model bo’lishidan qat’iy nazar zarur



    AutoCAD dasturini PK ga o’rnatish va yuklash (AutoCAD 2006 misolida).


    AutoCAD dasturini o’rnatishda quyidagi operasialar majmuasi bajariladi:

    1. CD – ROM qurilmasiga o’rnatuvchi disk qo’yiladi.

    2. Muloqot oynasi ishga tushadi va unda «Установка» (O’rnatish) ko’rsatkichi ochiladi.

    3. «Установка» bo’limidan «Автономная установка» (avtonom o’rnatish) bandi tanlanadi.

    4. «Установка AutoCAD 2006» bo’limidan «Установка» tugmasi bosiladi. AutoCAD 2006 ni ornatish ustasi «Мастер установки AutoCAD 2006» ishga tushadi.

    5. «Установка Autodesk» saxifasidan dastur komponentlarini o’rnatish uchun

    «OK» tugmasi bosiladi.

    1. AutoCAD 2006 ni o’rnatish ustasi saxifasining dastlabki betida «Далее» (Keyingi) tugmasi bosiladi.

    2. Licenzion shartnoma rus tilida namoyon bo’ladi, uni o’qib qabul qilsangiz «I accept» yoki «Принимаю» (Roziman) bandi tanlanadi va «Далее» tugmasi bosiladi.

    3. «Системный номер» (Seria raqami) disk g’ilofidan klaviatura orqali kiritiladi.

    4. «Персональные данные» (Shaxsiy ma’lumotlar) saxifasida foydalanuvchi ma’lumotlari kiritiladi va «Далее» tugmasi bosiladi.

    5. «Выбор варианта установки» (O’rnatish variantini tanlash) saxifasidan kerakli o’rnatsh varianti tanlanadi.

    Izoh: «Типовая» varianti – ko’pchilik foydalanuvchilar uchun tavsia etiladi;
    «Выборочная» varianti – tajribali foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi.

    1. «Установка дополнительных средств» (Qo’shimcha vositalarni o’rnatish) saxifasidankerakli variantlar tanlanadi.

    2. «Папка для установки» (O’rnatish uchun papka) saxifasida quyidagi shartlardan biri tanlanadi:

    • «Далее» tugmasi bosilsa AutoCAD dasturi C:\Program Files\AutoCAD 2006\ papkasiga o’rnatiladi.

    • «Обзор» (Namoyish – To’liq fayllar joylashyvini ko’rish) tugmasi bosilsa, dasturni o’rnatish joyi foydalanuvchi tomonidan ko’rsatiladi va «OK» tugmasi tanlanib, «Далее» tugmasi bosiladi.

    1. Keyingi saxifada «Ярлык продукта» (Maxsulot yorlig’i) bandi mavjud bo’lib, ushbu bandda bayroqcha o’rnatilsa, kompyuter ish stolida dastur o’rnatilgandan so’ng AutoCAD 2006 yorlig’i paydo bo’ladi. U orqali dasturni qisqa yo’l bilan ishga tushirish – yuklash mumkin. «Далее» tugmasi bosiladi.

    2. «Начало установки» (O’rnatishning boshlanishi) saxifasida «Далее» tugmasi bosiladi va fayllar CD diskdan kompyuterga ko’chirilishi boshlanadi. Fayllar ko’chirib bo’lingandan so’ng «Установка завершена» (O’rnatish tugadi) saxifasi chiqadi.

    3. «AutoCAD 2006 успешно установлен, нажмите кнопку Готово» (AutoCAD 2006 to’liq o’rnatildi, endi «Готово» tugmasini bosing) axborot oynasidan «Готово» - Tayor tugmasi bosiladi.

    AutoCAD” ishga tushirilganda dastlab, ish muhitini – kerakli panellarni tanlab ekran hududida joylashtirib chiqish tavsiya etiladi. Panellar ro’yxatimi “Standart asboblar paneli”dagi ixtiyoriy piktogramma ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosib chiqarish mumkin. Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin (Rasm 3.1):






    Download 6,48 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AutoCAD dasturini o’rnatish uchun personal kompyuter (PK) sistemasiga qo’yiladigan talablar

    Download 6,48 Mb.