|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 9/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocadCAM tizimlari (computer-aided manufacturing kompyuterda ishlab chiqarishni loyihalash) maxsulot ishlab chiqarish jarayonini raqamli dasturiy boshqaruv (RDB) dastgohlarda loyihalashga qaratilgan va ushbu dastgohlar uchun dasturlar yozishga mo’ljallangan, ya’ni – frezerlash, parmalash, jilvirlash, tokarlik va shu kabi dastgohlar. CAM tizimlarini yana texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish tizimlari deb ham tushunish mumkin. Bugungi kun amaliyotida ular murakkab profilli detallarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonini qisqartirishda yagona tizim hisoblanadi. CAM tizimlarida
CAD tizimlari asosida loyihalangan maxsulotning uch o’lchamli modellaridan foydalaniladi.
SAE tizimlari (computer-aided engineering – muhandislik hisob-kitoblarni loyihalash) keng qamrovli tizim bo’lib, ushbu tizimlarda aniq muhandislik hisoblash ishlari, ya’ni: mustahkamlik va bikrlikni hisoblash, issiqlik jarayonlarini analiz qilish va modellashtirish, gidravlik tizimlar va mashinalarni hisoblash ishlarini loyihalash, quyma jarayonlarini loyihalash kabi hisoblash ishlari olib boriladi. CAE tizimlarida ham CAD tizimlari asosida yaratilgan maxsulotning uch o’lchamli modellaridan foydalaniladi. CAE tizimlarini yana muhandislik tahlil tizimlari deb ham yuritiladi.
Bugungi kunda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) asoslarini bilish va uning vositalarini qo’llay olish deyarli barcha muhandis ixtirochilardan talab etiladi. Kompyuter bilan barcha loyihalash tashkilotlari, konstruktorlik byurolari va ofislar jihozlangan bo’lib, konstruktorning oddiy kul’man stolida o’tirib loyihalashi, logarifmik lineyka bilan hisob-kitob ishlarini yuritishi, oddiy yozuv mashinkasida hisobot tayyorlashi bugungi kun uchun xos bo’lmagan qoloqlik deb qaraladi. ALTni qo’llamayotgan yoki qisman qo’llab kelayotgan tashkilotlar loyihalashga ketqazgan katta sarf-xarajat va ko’p vaqt yo’qotish, shuningdek sifatsiz loyiha evaziga raqobatsiz bo’lib inqirozga yuz tutishi muqarrardir.
ALT deganda kompyuter va inson muloqoti asosida loyiha yaratish tushuniladi. Bunday jarayon avtomatlashtirilgan hisoblanadi. Agarda jarayonni ma’lum bir qismi (etapi) to’liq kompyuter nazoratida bajarilsa unda avtomatlashgan jarayon hisoblanadi. Kompyutersiz loyihalash esa qo’lda loyihalash deb qaraladi.
ALT xorijda CAD (computer aided design – kompyuter yordamida loyihalash), MDHda esa САПР (системы автоматизированного проектирования) deb yuritiladi. Shuni ham esda tutish kerak-ki ALT yoki САПР tushunchasi juda keng ma’noda ishlatiladi. Bunda faqat chizma loyihani tushunish xato bo’ladi.
Dastlabki ALTning vujudga kelishi o’tgan asrning 60 yillariga borib taqaladi. 1955-1959 yillarda MTI (Massachusets texnologiya instituti)da Ross boshchiligida ART (Automatical program tool – avtomatlashgan dastgoh dasturi) dasturlash tizimi yaratilgan. ART chip o’rnatilgan dastgohlarda uskuna uzunligi (parametri) kodini tavsiflash asosida dasturlash imkonini berar edi. Keyichalik dasturlashda dastgoh uskunasi uzunligini kodlash emas, balki detalni o’zini tavsiflash asosiy mezon qilib olindi. Bugungi ALTdan farqli o’laroq o’shanda EHMning o’sib borayotgan imkoniyatlaridan ko’proq foydalanish muhim qaraldi – ya’ni dasturlash tili o’rganib borildi. CAD tushunchasini ilk bor Ayven Sazerlend
kiritdi. Uning doktorlik dissertatsiyasi mashinaviy grafikaning nazariy asosi hisoblanadi.
|
| |