|
Rasm 2.1
Rasm 2.1
|
bet | 11/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocadRasm 2.1
Rasm 2.1
Kompyuterda geometrik modellashtirish ob’ektlarni aynan geometrik tuzilishi asosida ularni yaratish demakdir. Yuqorida keltirilgan misol asosida biz ob’ektni oddi geometrik ob’ektlar majmuasi sifatida, ya’ni to’plamlarni birlashuvini ko’rib chiqdik. Xuddi shuningdek to’lamlarni yirmasi asosida ham ob’ektlarni geometrik tahlil etish mumkin.
ALT nima?
CAD tizimi nima?
CAM tizimida qanday modellardan foydalaniladi?
CAE tizimida qanday ishlar olib boriladi?
ALTning rivojlanish bosqichlari qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?
Fazoviy tasovvur deganda nimani tushunasiz?
Geometrik modellashtirish nimaga asoslangan?
(3 – ma’ruza)
AutoCAD tarixi.
AutoCAD dasturini o’rnatish uchun personal kompyuter (PK) sistemasiga qo’yiladigan talablar.
AutoCAD dasturini PK ga o’rnatish va yuklash.
AutoCADda ob’yekt tushunchasi.
AutoCad – chizmani komputerda tahrirlash dasturi Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, dastlabki versialari o’tgan asrning 80 yillarida chiqarilgan va keng ommalashib ketgan.
Tizimning doimiy rivojlanib borishi, foydalanuvchilarning e’tiroz va maslaxatlari inobatga olinib, kamchiliklarni muayan bartaraf etish va boshqa firmalar maxsulotlari (ayniqsa Microsoft) bilan integrasialashuvi ushbu dasturni butun dunyoda keng ommalashuviga olib keldi.
Ushbu dasturning Rossiada keng tarqalishi uning 10 – versiasidan boshlandi. U MS DOS operasion tizimi tarkibida ishlar edi. Keyinchalik, 12 – 13 versialarga doir shu tizimda ishladi va ular sekinlik bilan “Windows” (Windows 3.1 yoki Windows – 95) operasion tizimiga o’tkazila bordi. 14 – versiya to’liq Windows operasion tizimiga o’tkazildi.
1999 yilda AutoCAD ning 15 – versiasi chiqdi va u foydalanuvchilar orasida AutoCAD – 2000 nomini oldi. AutoCAD ning 16 – versiasi (AutoCAD – 2004) 2004 yilning Mart oyida chiqdi va endilikda firma ularning WINDOWS – 95, 98 operasion tizimlarida yaxshi ishlashiga kafolat bermasdi. Sababi ushbu dasturning to’liq imkoniyatlaridan foydalanish uchun yanada mukammalroq operasion tizimlar kerak edi.
Hozirgi kunga kelib, AutoCAD – 2006, 2007, 2008 versiyalari foydalanuvchilar orasida keng ommalashgan bo’lib:
WINDOWS 2000;
WINDOWS XP (Professional Edition);
WINDOWS XP (Home Edition);
WINDOWS NT 4.0 (Service Pack 6 yoki undanda yuqori versiali) operasion tizimlarda o’rnatish talab etiladi.
|
| |