|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 8/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad
Kompyuter grafikasi qanday fan?
Kompyuter grafikasining qanday turlari mavjud?
Rastri nima?
Fraktal grafikasi nimaga asoslangan?
Fraktal geometriyasi asoschisi kim?
Vektorli grafika bugungi kunda qaysi sohalarda keng qo’llanilmoqda?
(2 – ma’ruza)
AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASH TIZIMLARI (ALT) HAQIDA TUSHUNCHA.
CAD-CAE-CAM tizimi bosqichlari va ularning ishlab chiqarishdagi muhim o’rni.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.
Geometrik modellashtirishning fazoviy tasavvur bilan uzviy bog’liqligi.
Xalqaro analitiklarning fikricha hozirgi zamon ishlab chiqarishida muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillari bu: bozorga maxsulot chiqarishga ketadigan vaqtning qisqarishi, maxsulot tannarxining pasayishi va sifatning oshishidir. Bunday talablarga javob bera oladigan texnologiyalar qatorida avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) turadi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) keng qamrovli tushuncha bo’lib uni faqat chizmani avtomatlashgan tizim asosida loyihalash deb tushunmaslik kerak. Bugungi kundagi fan va ishlab chiqarishning tezkor suratdagi rivojlanishi ALTni uch bosqichdan iborat tizim sifatida o’rganishni va ishlab chiqarish jarayonida ham uch bosqichni qo’llashni taqozo etadi. Bu bosqichlar ingliz tilida CAD (computer aided design), CAM (computer aided manufacturing) va CAE (computer aided engineering) deb nomlanadi.
CAD tizimlari (somputer-aided design – kompyuterda chizmani loyihalash) asosan kompyuterda chizma g’oyalarini loyihalash va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirishga mo’ljallangan. Odatda hozirgi zamon CAD tizimlari moduliga uch o’lchamli konstruktsiyalar (detallar)ni yaratish (loyihalash) va chizma konstruktorlik yozma hujjatlarini (spetsifikatsiya, qaydnomalar va h.)ni rasmiylashtirish kiradi.
|
| |