|
Ergashaliyev Nurmuxammad Mirzoxidovich O’zbekiston Respublikasi
|
bet | 13/66 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #158722 |
Bog'liq kompyuter grafikasi-autocad Rasm 3.1
Ushbu panellar zaruriy parametrlar bo’lib, ular yordamida o’quv kursining 2D modellashtirishga oid topshiriqlarini bajarish mumkin.
AutoCADda ob’yekt tushunchasi.
AutoCAD dasturi bilan ishlashda ob’yekt tushunchasini to’g’ri aniqlab, tushunib olish lozim. Aytaylik Chizish asboblar panelidagi «Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilgan shaklni dastur bitta ob’yekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl «Отрезок» - Kesma buyrug’i asosida bajarilsa dastur ushbu shaklni to’rtta ob’yekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa to’rt marta to’g’ri chiziq chizish buyrug’i ketma – ket takrorlandi.
1. 2. 3.
«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilgan to’rtburchak. (1 ta ob’yekt)
«Кесма» - Kesma buyrug’i asosida bajarilgan to’rtburchak. (4 ta ob’yekt)
Bitta ob’yektdan iborat shakllar.
Ob’yekt va ob’yektlarni tanlash. Ob’yektlarni tanlash odatda ularni tahrirlash uchun zarur.
Bitta ob’yekt tanlanishi uchun sichqoncha ko’rsatkichi ob’yekt chizig’i ustiga olib boriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi.
Bir nechta ob’yektlarni baravariga tanlash uchun odatda dinamik ramkadan foydalaniladi. Dinamik ramka bu sichqoncha yordamida ob’yektlar guruhini to’g’ri to’rtburchak asosida tanlash demakdir. Buning uchun ob’yektlar perimetridan tashqi hududda sichqoncha chap tugmasi bosiladi va sichqoncha siljitib ko’k yoki yashil rangdagi to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi. Bunda ramka ob’yekt yoki ob’yektlarni o’z hududiga olishi kerak. Ob’yekt (ob’yektlar) to’g’ri to’rtburchak hududida joylashgandan so’ng yana sichqoncha chap tugmasi takroran bosiladi. Natijada ob'yekt (ob’yektlar) chiziq turi o’zgarib tanlanganligini bildiradi. Ramka esa yo’qoladi.
Ko’k ramka – ob’yektlar guruhidan kerakli ob’yektlar to’plamini ajratib tanlash uchun qo’llanadi. Faqat o’z hududiga to’liq kirgan ob’ektlargina tanlanadi.
Bunday tanlashda sichqoncha ko’rsatkichi 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yo’naltiriladi.
Ko’k ramka asosida ob’yektlarni tanlash. Natija.
|
| |