177
qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan
qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga
asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash
bilan firma
mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida
qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish
xavfi ostida
qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf
keltirishi mumkin.
Savdoda do‘konlarga xaridorlarning kelishini ko‘paytirish uchun sotuvchilar
ayrim tovarlarni to‘liq
xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar
yaratadilar. Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga
qo‘shimcha ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.