• 10.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
  • -rasm. Narxni tashkil etish uslublari




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

    10.1-rasm. Narxni tashkil etish uslublari 
    Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo‘yicha narx darajasini aniq hisoblash ta’sir 
    qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning 
    potensial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab 
    chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning, 
    almashuv va iste’molchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
    yuritiladi. 
    Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib o‘tamiz: avvalo narxlar ishlab 
    chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi. 
    Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlardan 
    ham darak beradi. 
    Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni 
    rag‘batlantirishdir. 
    Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina 
    emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi. 
    Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu 
    daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik faoliyati 
    ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish 
    Narxni tashkil etish 
    uslublari
    Xarajatlar asosida
    Raqobat asosida 
    mo'ljallangan
    Talabga 
    mo'ljallangan
    Kombinasiya-
    lashgan


    173 
    iste’mollarini ko‘plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning 
    narxlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
    Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga 
    ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. 
    10.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini
    hisoblash uslublari 
    Narx bilan iste’molchilar o‘rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni 
    iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi 
    bilan izohlash mumikn. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga 
    qaraganda arzon narxlarda ko‘proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har 
    qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to‘g‘ri kelavermaydi. Ayrim 
    mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko‘proq tovar 
    aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga 
    mo‘ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, 
    mo‘yna va boshqalar. 
    Ikki narx segmenti yaqqol ko‘zga tashlanadi: «narx» xaridori va «sifat» xaridori 
    bor. Ko‘pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul sarflaydilar. 
    YUqoriroq narxlar go‘yo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniqsa, noxush 
    oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar xaridida ko‘p kuzatiladi. 
    Narx ravonligi iste’molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori nuqtai 
    nazaridan narx o‘zgarishlariga o‘ta sezuvchanligini belgilaydi. 
    Amalda talab ravonligini uch ko‘rinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab hamda 
    yakka (unitar) talabga bo‘lish mumkin. 
    Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga o‘ta sezuvchan bo‘ladi. 
    Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga etarli darajada 
    sezgirlik ko‘rsatmaydi. 
    Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko‘p bo‘lgan, ularning bir mahsulot 
    o‘rnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko‘zga tashlanadi. Ko‘pgina 
    qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. SHunday qilib


    174 
    narxlardagi o‘zgarishlar talab va taklifga muvofiq ko‘tarilib-pasayib turadi, mahsulot 
    ishlab chiqaruvchilar xohishi bilan narx belgilanmaydi. 
    Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko‘rsatadi, ya’ni bu 
    chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bo‘lmaydi. Ammo 
    iste’molchilar mahsulotni xayolidagi yagona qat’iy narxda izlaydi. Marketologning 
    vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar doirasida maqbul narxlarni topish 
    hisoblanadi. Ko‘pgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadqiq etish, tekshirish, 
    o‘rinbosar tovarlar narxi darajasini raqiblar narxni o‘rganish yo‘li bilan statistik tahlil 
    qilish usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab o‘zgarishini 
    o‘lchashni o‘tkazishga intiladi. 
    Ma’lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi yoki kamayishi bilan 
    bog‘liq holda o‘zgarish-o‘zgarmasligiga qarab doimiy, shartli-doimiy, o‘zgaruvchan 
    turlarga bo‘linadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab 
    o‘zgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va asbob-uskunalar amortizatsiyasi, 
    mulk solig‘i (daromad solig‘i), qo‘shimcha xarajatlar va boshqa chiqim turlari kiradi. 
    O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq holda o‘zgarib boradi, 
    unga xom-ashyo, materiallar, ish haqi va boshqalar kiradi. SHartli-doimiy xarajatlar 
    boshqarish bilan bog‘liq ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga ketadigan 
    chiqimlar va boshqalar kiradi. 
    To‘liq xarajatlar jami doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisidan tashkil 
    topadi. Shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) xarajatlar ham 
    hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ko‘paygan (kamaygan) hollarda bir 
    mahsulot birligiga to‘liq xarajatlarning ko‘payishi (kamayishi)ni ifoda etadi. 
    SHunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, miqdori narx uchun minimal 
    darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlardan pastroq narx hech qanday foyda 
    bermaydi. 
    Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko‘rib chiqiladigan, 
    zarar ko‘rmasligini ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi. Bunday tahlil 
    narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor ishlab chiqarish 
    ixtisoslashuvi sharoitida, o‘zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash mumkin bo‘lgan 


    175 
    paytlarda uni qo‘llash yaxshi natija beradi. Zarar ko‘rmaslikni tahlil etishda asosiy 
    e’tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga, to‘liq daromad to‘liq xarajatlarga teng 
    bo‘lgan, ya’ni na foyda na zarar bo‘lmagan nuqtaga qaratiladi. 
    Marketologlar bir qator har xil narxlarni tadqiq etadilar, so‘ngra har bir narx 
    uchun zaruriy hajmlar kiyoslanadi. 
    Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo‘lib xizmat qiladi. Asosan narxni 
    o‘zgartirish yo‘li bilan talabga ta’sir ko‘rsatish raqobatning narx bilan bog‘liq 
    usullarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarida firmalar o‘z 
    mahsulotining o‘ziga xos hislatlariga zo‘r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati, 
    reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi. 
    Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi: 
    1.Talab omillari (bozorda o‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo‘lgan 
    narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga 
    yo‘naltirilgan narx); 
    2.Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda). 
    3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‘xshash import 
    tovarlari,raqobatchilar tovarlariga bo‘lgan narxni bilish. 
    Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat: 
    - narxlashtirish masalasi qo‘yiladi,
    - talabi aniqlanadi, 
    - xarajatlari baholanadi, 
    - raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
    - narxni shakllantirish uslubi tanlanadi, 
    - oxirgi natijaviy narx o‘rnatiladi. 
    Firma talab hajmiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar 
    narxlarini o‘rganib, o‘z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx 
    belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin (10.2-rasm).
    Narx belgilashning 3 ta usuli mavjud: 
    1.
    Firmaning ichki manfaatlariga kuchli yo‘naltirilganligini namoyon etib, sarf – 
    xarajatlar asosida narx belgilash. 


    176 
    2.
    Raqobatchilarning narxiga qarab narx belgilash. 
    3.
    Marketingga yo‘naltirilgan narx belgilash usuli. Bunda muayyan bozorda 
    iste’molchi uchun qimmatli bo‘lgan xususiyatlari va marketing strategiyasi hisobga 
    olinib narx belgilanadi. 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish