198
Vizual merchandayzing (visual merchandising) – iste’molchilarning vizual
qabul qilishi bilan izohlanadigan butun taqdimot faoliyati.
Xorijiy mamlakatlarda tovarlarni sotishda qo‘llanilayotgan quyidagi ilg‘or
usullardan mamlakatimiz savdo korxonalari va tashkilotlarida foydalanish mumkin:
•
chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda
kataloglar bo‘yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish;
•
shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy interer, uncha
ko‘p bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo korxonalarida narxi
tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan savdo qilish;
•
«qulay do‘konlar», cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi oziq-
ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga butun kun mobaynida
xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish.
Xorijiy mamlakatlar savdo korxonalarida tovarlarni sotishda qo‘llanilayotgan
ilg‘or usullarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi yo‘llar xaridorga yanada ko‘proq
turli xil xizmatlarni ko‘rsatish va tovarlarga bo‘lgan narxni tushirish bo‘lib
hisoblanadi. Bulardan savdo korxonalarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.