218
13-BOB. RAQOBAT VA RAQOBATBARDOSHLIK
13.1.Raqobat tushunchasi va mohiyati
Raqobat
– erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo‘lagidir.
Raqobat so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun kurashni
bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan
iborat.
Raqobat
– mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar o‘rtasida tovarlarni
qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman
iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat ko‘p qirrali
iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab
munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni etkazib beruvchilar o‘rtasidagi
raqobat
o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, er, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish
uchun amalga oshiriladi.
Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki uning qonunidir. Raqobat
bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi,
rivojlantirish usuli hisoblanadi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar)
o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda
keltiradigan
narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash
uchun kurashdan iborat.
Raqobat bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflikka ega bo‘lish uchun
kurashishni anglatadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish natijasida
nafaqat ichki ozorda, balki tashqi bozorlarda harakat qilish, raqobat muhitini
shakllantirish, raqobatda ustunlikka erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risidagi”
Qonuni Qonunchilik
palatasi tomonidan 2011 yil 14 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 5
dekabrda ma’qullangan bo‘lib 2012 yil 6 yanvardan boshlab kuchga kirdi.
219
Bu qonunda raqobat quyidagicha ta’riflangan.
Raqobat
– xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil
harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining
umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish
imkoniyatini
istisno etadi yoki cheklaydi.
Mamlakatimizda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun ayni shu
jihatdan muhim ahamiyatga molik hujjatdir. Qonunning asosiy maqsadi tovar va
moliya bozorlaridagi raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat
17
.
Qonunning mazmun-mohiyati shu bilan izohlanadiki,
unda tovar va moliya
bozorlaridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatga qarshi harakatlarini,
insofsiz raqobatni cheklashga hamda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining g‘ayriqonuniy harakatlariga yo‘l qo‘ymaslikka
qaratilgan
raqobatga doir davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ belgilangan.
Qonunda raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlashning huquqiy normalari belgilangan
bo‘lib, bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeini suiste’mol qilish,
raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va bitimlarini tuzish, shuningdek,
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari
(harakatlari) hamda insofsiz raqobat taqiqlangan.