Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/172
Sana14.05.2024
Hajmi3,25 Mb.
#232823
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   172
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

 
13.5. Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari 
Raqobatbardoshlik – kompaniyada aniq raqobatli ustunlikni mavjudligi va ushbu 
ustunlikdan raqobat kurashida foydalanish qobiliyatidir. 
Raqobatbardoshlik ko‘p darajali shakllarga ega: 

tovarning raqobatbardoshligi; 

xodimning raqobatbardoshligi; 

tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi; 

tarmoqning raqobatbardoshligi; 

mamlakatning 
raqobatbardoshligi 
(yoki 
milliy 
iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligi). 
Bunda raqobatbardoshlikning barcha darajalari o‘rtasida jips ichki va tashqi 
o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Mamlakat va tarmoqning raqobatbardoshligi pirovardida 
muayyan tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish 
qobiliyatiga bog‘liq. 
Raqobatbardoshlikning mazmuni va mikro va makro darajadagi shakllari 
keltirilgan. 
Makrodarajadagi 
raqobatbardoshlikni 
baholashda 
mamlakatning 
raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori 
talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qobiliyati 
sifatida ta’riflash mumkin. 
Mamlakatning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi, birinchi galda mamlakatning 
jahon bozoridagi mavqeini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab 
chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy 
ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholashda firmaning raqobatbardoshligini 
baholash ko‘zda tutiladi. Iqtisodiyotni globallashtirish davrida uning samaradorligi va 


233 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mezoni bo‘lib 
raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda "raqobatbardoshlik" tushunchasining 
yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p bo‘lishi ehtimolini 
belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlang‘ich 
pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki 
butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha, 
chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa 
bozorlarda umuman raqobatbardosh bo‘lmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda 
raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi. 
Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish 
uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator 
mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi 
hisoblanadi. 
O‘zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni 
kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jihozlarni modernizatsiya qilish, yoxud 
ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida investitsiyalarni amalga 
oshirishda, albatta, ishlab chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini 
baholash talab etiladi. 
Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar 13.7 - rasmda keltirilgan.
Ularni 3 ta turga ajratish mumkin: 

funksional xususiyati; 

firmalararo ta’siri; 

shakli bo‘yicha mahsulotlarni solishtirish mumkin. 
Mahsulot bo‘yicha raqobatning ikkita usuli mavjud bo‘lib, ularga narxli va 
narxsiz raqobat usulini kiritish mumkin.
Mahsulotning raqobatbardoshligi bozor ulushi, talab dinamikasi, talabning 
elastikligi kabi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi. Uning omillariga esa narx-sifat, 
savdodan keyingi xizmat, etkazib berish shartlari, iste’mol xarajatlari kiradi. 
Tovarning 
sifati 
uning 
raqobatbardoshligini 
belgilovchi 
asosiy 
ko‘rsatkichlardandir. Tovarning sifati o‘z ichiga ko‘plab elementlarni oladi. Bular 


234 
birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular 
o‘z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‘imi kabi 
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

Download 3,25 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   172




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari

Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish