-rasm. Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/172
Sana14.05.2024
Hajmi3,25 Mb.
#232823
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   172
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

13.8-rasm. Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar 
Firmalar o‘rtasida quyidagi raqobatni o‘zgartirish variantlari mavjud: 

Raqib firmalar sonini o‘sish bilan raqobat kuchayadi. 

Ko‘pgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish 
uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi. 

Tovarga bo‘lgan talab sekin o‘sganda raqobat kuchli bo‘ladi. 

Qachon tarmoqda xo‘jalik yuritish sharoitlari firmani narxini pasaytirishga 
olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari qo‘llanilsa raqobat 
Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar
Jahon standartlariga mos holda ishlab chiqarilishi
Nou - xauning yaxshi yo'lga qo'yilganligi
Yangi texnika texnologiyalardan foydalanish
Korxona marketing siyosatining yaxshi yo'lga 
qo'yilganligi
Ishlab chiqarish xarajatlarini maksimal tarzda 
kamaytirish va boshqalar


236 
kuchayadi. 

Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste’molidan uncha katta bo‘lmagan 
boshqasiga o‘tayotganda raqobat kuchayadi. 

Qachon bitta yoki bir necha firmalar o‘zining bozor ulushidan qoniqmagan 
bo‘lsa raqobat kuchayadi. 

Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o‘sishi bilan proporsional 
holda raqobat kuchayadi. 

Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo‘lganda to‘siqlar yuqori 
bo‘lganda raqobat kuchayadi. 

Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari 
yuqori darajada farq qiladagan bo‘lsa raqobatning borishini aytish mumkin.
Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning 
raqobatbardoshligiga bevosita bog‘liq. Korxonalar raqobatbardoshligi tarmoqdagi 
holatga 
va 
uning mavqeiga ta’sir ko‘rsatadi, lekin aynan tovarning 
raqobatbardoshligi, o‘z navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga bevosita 
ta’sir ko‘rsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va 
korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ular 
tashqi va ichki ustunliklarga bo‘linadi. 
Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi: 

mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi; 

kichik va o‘rta biznesning davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi; 

mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishining sifatli huquqiy tartibga 
solinishi; 

jamiyat va bozorlarning ochiqligi; 

mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi; 

standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan 
uyg‘unlashuvi; 

fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo‘llab-
quvvatlanishi; 


237 

mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta’minlashning yuqori sifati; 

mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integratsiyalashuvning 
yuqori darajasi; 

mamlakatda past soliq stavkalari; 

qulay va arzon resurslarning mavjudligi; 

mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli 
tizimi va boshqalar. 
Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi: 

tovarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj; 

jamlash, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning optimal darajasi; 

boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me’yoriy-uslubiy asosi; 

etkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi; 

sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining 
mavjudligi; 

resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining 
bajarilishi; 

tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, 
axborot tizimlari va h.k.); 

menejerlarning raqobatbardoshligi; 

tovarning eksklyuzivligi; 

ko‘p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi; 

raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog‘i va boshqalar. 

Download 3,25 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   172




Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar

Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish