244
bozorda raqobat kurashida qo‘lga kiritgan yutuqlarini, pozitsiyalarini (masalan,
bozorda katta ulushni saqlab qolish, mahsulot markasini obro‘sini ko‘tarish,
tovar
harakati kanallarini ustidan nazoratni saqlab qolish)ga intiladi.
Mudofaa strategiyasi - bu bozor sardori tomonidan o‘zining biznesini
raqobatchilar tajovuzidan doimo him oya qilish maqsadida tanlanadigan strategiyadir.
Mudofaa strategiyasining quyidagi turlari mavjuddir: pozitsiyali mudofaa, qanot
mudofaasi, mudofaa qayta hujumga o‘tish yo‘li bilan,
mobil mudofaa va qisilib
qolayotgan mudofaa.
Hujum strategiyasini qo‘llash natijasida firma bozorda o‘z ulushini oshirishga
harakat qiladi. Bundan maqsad tajriba samarasini keng ishlatish hisobiga
rentabellikni oshirishdan iboratdir.
Demarketing strategiyasi esa bozor liderining to‘rtinchi strategiyasi bo‘lib, lider
firma monopolizmda ayblanishdan qochish uchun bozordagi o‘z ulushini
qisqartirishni ko‘rib chiqishi mumkin. Unga erishish yo‘llarini bittasi ko‘rsatilayotgan
hizmatlarni, reklama va talabni rag‘batlantirish
maqsadida qisqartirish, ayrim
segmentlarda narxni oshirish hisobiga talab darajasini pasaytirish maqsadida
demarketing tamoyillarini qo‘llash hisoblanadi.
“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi - lider o‘rnini egallashdir. Bu
erda 2 ta muammo muhim hisoblanadi:
1. Liderga hujum qilish uchun vaziyatni tanlash.
2. Uning imkoniyatlarini va himoyasini baholash.
Vaziyatni tanlashda front bo‘yicha hujum yoki qanot hujumi muqobillari
hisobga olinadi.
Hujum strategiyasi - bu raqobat strategiyasi bo‘lib, u bozor da’vogari
tomonidan sotuv bozorlarini egallash kurashida qo‘llaniladi.
Front bo‘yicha hujum - bu raqobatchi korxonaning
kuchsiz tomonlaridan kura
kuchli tomonlaridan ustun kelish bo‘yicha faol harakatlar orqali uning pozitsiyasiga (
mahsulotlar, reklama, narxlar va boshqalar bo‘yicha) hujum qilish tushuniladi. Uni
amalga oshirish uchun korxona raqobatchiga nisbatan ko‘p resurslarga ega bo‘lishi
hamda uzoq muddatli “jang harakatlari”ni olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
245
Qanot hujumi - bu raqobatchilar faoliyatini kuchsiz joylariga yo‘naltirilgan
bo‘lib, bu joylarda ustunlikka erishish uchun asosiy kuchlar tashlanadi; u shunga
asoslanganki raqobatchi ko‘pincha o‘z resurslarining eng kuchli pozitsiyalarini saqlab
qolish uchun yo‘naltiradi, masalan sifati bo‘yicha sardorlik (liderlik) pozitsiyasini
saqlab
turishi mumkin, ayni vaqtda esa o‘z faoliyatida kuchsiz joylarga ega bo‘lishi
mumkin, masalan vositachilar bilan ishlashga uncha ahamit berishmaydi. Ushbu
strategiya bozor da’vogari raqobatchiga nisbatan kam resurslarga ega bo‘lsa yaxshi
natija berishi mumkin. U ko‘pincha raqobatchilarga qarshi kutilmaganda ishlatiladi.
O‘rab olish orqali hujum - bu raqobatchini barcha pozitsiyalarga birdaniga
hujum qilinib, uni bir vaqtning o‘zida hamma yo‘nalishdar bo‘yicha
mudofaa olib
borishga majbur etadi; bu esa bozor da’vogari juda katta resurslarga ega bo‘lganda
qo‘llaniladi hamda qisqa vaqt ichida raqobatchini bozordagi pozitsiyasini emirilishiga
imkoniyat yaratadi. U Kuyidagi variantlarida amalga oshirishi mumkin, ya’ni
mahsulot modifikatsiyasi (turlari) sonini ancha ko‘paytirib, raqobatchi harakat
qilayotgan barcha bozorlarda o‘z mahsulotini sotishi.
Chetlab o‘tish hujumi - bu tug‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan hujum turi bo‘lib,
ko‘pincha quyidagi yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi:
ushbu korxona uchun
mutlaqo yangi bo‘lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi
geografik bozorlarni o‘zlashtirish, texnologiyada yangi bosqichni o‘zlashtirish, bozor
da’vogari uchun dastlab eng “engil” bozorlarda amalga oshirilib, u erlarda ustunlikka
erishilgandan so‘ng esa, raqobatchining asosiy faoliyati sohalarida hujum
uyushtiriladi.