246
raqobatchilar ustidan g‘alaba
qozonish uchun, unga boshqa turdagi hujum harakatlari
bilan qo‘llab-quvvatlab turish kerak.
“Lider orqasidan boruvchi” - bu bozorda ulushi uncha katta bo‘lmagan
raqobatchidir. Ushbu xulq-atvor ko‘proq oligapoliya holatidagi o‘rinlarga ega bo‘lib,
unda differensiatsiya imkoniyatlari kam, har bir raqobatchi
barcha firmalarga zarar
keltirishi mumkin bo‘lgan kurashdan qochadi.
Mutaxassis strategiyasida mutaxassis butun bozor bilan emas, balki bir yoki bir
necha sengment bilan qizikadi. Uning maqsadi katta daryoda kichik baliq bo‘lish
emas, balki kichik daryoda yirik baliq bo‘lishdan iborat. Bu raqobatchilik strategiyasi
asosiy strategiyalardan biri bo‘lgan konsentratsiya strategiyasiga mos keladi.
Mutaxassis e’tibor berayotgan chuqurcha rentabellik bo‘lishi uchun u beshta shartni
qondirishi lozim:
1. Etarli potensial foydaga ega bo‘lishi kerak.
2. Potensial o‘sishga ega bo‘lishi.
3. Raqobatchilar uchun kam jalb etuvchi bo‘lishi kerak.
4. Firmaning maxsus imkoniyatlariga mos kelishi kerak
5. Kirishni barqaror to‘siqlariga ega bo‘lishi kerak.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1.
Raqobat deganda nimani tushunasiz?
2.
Raqobatbardoshlikning mohiyatini tushuntirib bering?
3.
Raqobatning qanday turlari mavjud va ularning mazmunini izohlang?
4.
Qanday raqobat strategiyalari mavjud?
5.
Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasini izohlang?
6.
Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar nimalardan iborat?
7.
Mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar nimalardan iborat?
8.
Raqobatning rivojlanishiga ta’sir omillarni tahlil qiling?
9.
Raqobatli ustunlik tushunchasiga izoh bering?
10.
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat” to‘g‘risidagi qonunini muhokama
qiling?