• 13.6-rasm. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlar
  •  Raqobatli ustunlik tushunchasi




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

     
    13.4. Raqobatli ustunlik tushunchasi 
    Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining bevosita 
    raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir ustunlik beradigan xarakteristikasi va 
    xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g‘oyatda xilma-xil bo‘lishi va 
    tovarning o‘ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo‘shimcha xizmatlarga, 
    ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo‘lishi, hamda firma yoki tovarga 
    xos bo‘lishi mumkin. Demak, bunday ustunlik nisbiy bo‘ladi va tovar bozorida yoki 
    bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo‘lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi. 
    Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi. 
    Raqobatchining nisbiy ustunligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman 
    olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi ustunliklardan kelib 
    chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin 
    Agar raqobatli ustunlik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan bo‘lsa, 
    u “tashqi” ustunlik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki 
    samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo‘ladi. 
    Binobarin, tashqi raqobatli ustunlik firmaning “bozor qudratini” oshiradi, ya’ni 
    u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul 
    qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi 
    sifatlarni taklif eta olmaydi. 


    230 
    13.6-rasm. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlar 
    Tashqi raqobatli ustunlikdan kelib chiqadigan strategiya differensiatsiya 
    strategiyasi bo‘lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning 
    mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va 
    qondirishdagi afzalligiga tayanadi. 
    Agar raqobatli ustunlik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani 
    boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko‘ra kamroq tannarxga erishishga 
    imkon beruvchi va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi tovarga 
    asoslangan bo‘lsa, bunday ustunlik “ichki ustunlik” deb ataladi. 
    Ichki raqobatli ustunlik - firmaga ko‘proq rentabellik keltiruvchi va uni sotuv 
    narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko‘proq darajada 
    bardoshli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir. Ichki raqobatli ustunlikka 
    asoslangan strategiya xarajatlar bo‘yicha ustunlik strategiyasi bo‘lib, u asosan 
    firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish “nou-xau”siga asoslanadi. 
    Raqobatli ustunlikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‘lgan bu ikki turi 
    ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‘nikma va 
    madaniyatni talab qiladi. 
    Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi: 

    mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi; 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish